YouTubeʼda mashhur boʻlish uchun samolyotni halokatga uchratgan blogerni 20 yil qamoq jazosi kutmoqda

YouTubeʼda videolari koʻrishlar sonini oshirishni istagan Trevor Jeykob samolyotini atayin halokatga uchratgan. Natijada, AQSh federal tergov jarayonini chalgʻitishda aylanib 20 yil qamoq jazosiga tayinlanishi mumkin.

Bu haqda AQSh Adliya vazirligi xabar berdi.

Jeykob videoda oʻz samolyotini ataylab halokatga uchratishni rejalashtirganini tan oldi. Keyinroq u federal tergovchilarning halokat joyini tekshirishiga yoʻl qoʻymaslik uchun samolyot qoldiqlarini yigʻib, yoʻq qildi, dedi agentlik. Endi uni 20 yilgacha federal qamoq jazosi kutmoqda.

2021-yil 24-noyabr kuni bloger Kaliforniyaning Lompok-Siti aeroportidan oʻz samolyotida havoga koʻtarilgan. Jeykob oʻz manziliga yetib borish niyatida emas edi, aksincha, parvoz paytida samolyotdan parashyutda tushayotganini tasvirga olishni rejalashtirgan”, — deyiladi Adliya vazirligi bayonotida.

Shuningdek, u qulayotgan samolyotini ham suratga olishni rejalashtirgan.

Jeykob halokatdan ikki kun oʻtib Milliy Transport xavfsizligi kengashiga avariya haqida xabar berdi va halokat joyini aniqlashga rozi boʻldi. Biroq keyinchalik u halokat qayerda boʻlganligini bilmayman, deb rasmiylarga yolgʻon gapirgan. Dekabr oyida u halokat joyidagi samolyot qoldiqlarini yigʻib izlarni berkitgan.

Halokatdan taxminan bir oy oʻtgach, u halokat va parashyutdan sakrashi aks etgan “Samolyotimni qulatdim” (I crashed my airplane) deb nomlangan videoni YouTubeʼga yukladi.

Avvalroq dunyoda birinchi marta ChatGPT yordamida soxta yangiliklar tarqatilgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08