Xiaomi Smart Band 9 yangi fitness brasletini taqdim etdi: narxi 50$ dan arzon

Endi bir marta zaryad qilgandan keyin 21 kungacha foydalanish mumkin

Xiaomi oʻzining yangi Smart Band 9 fitness-brasletini e'lon qildi. Bu model avvalgisining dizaynini oʻzida saqlagan, biroq yurak urishini va uyquni kuzatuvchi sensorlar, shuningdek, qurilmaning ishlash muddati yaxshilangan.

Yangi qurilma oʻzining kapsul dizaynini saqlab qolgan, lekin korpusi yangilangan. Avval plastik ishlatilgan boʻlsa, hozir metall va keramikadan tayyorlanmoqda. Korpus turli ranglarda:

  • pushti
  • koʻk
  • kumush
  • qora

Kompaniya Xitoyning bir nechta tibbiy tashkilotlari bilan hamkorlik qilib, sensorlarining sifatini oshirganini e'lon qildi. Bu hamkorlik yurak urishini kuzatishda 16% lik, chuqur uyqu monitoringida esa 7,9% lik yaxshilanishni keltirib chiqargan. Qurilmaning mustaqilligi esa bir zaryadlanish bilan 21 kungacha ishlashga yetadi.

Xiaomi Smart Band 9 ning ekran yorqinligi sezilarli darajada yaxshilandi: endi u 1200 nitgacha yorqinlikka erishadi, bu avvalgi modelning 600 nit koʻrsatkichidan ikki baravar yuqori. Oʻlchamlar bir xil qolgan boʻlib, qurilma 1,62 dyuymli OLED-ekran va 60 Hz yangilanish chastotasiga ega.

Qurilmaning ishlash quvvat vaqti 16 kundan 21 kungacha uzaytirildi, buning uchun 233 mAch sigʻimli batareya javobgardir. Bu fitness-braslet sportchilar va oʻz salomatligiga e'tibor beradiganlar uchun moʻljallangan boʻlib, 150 dan ortiq mashgʻulot rejimlarini qoʻllab-quvvatlaydi va 5 ATM suv oʻtkazmaydigan xususiyatga ega. Yurak urish tezligi va qadam sanogʻini kuzatuvchi datchiklar mavjud, shuningdek uyquni tahlil qilish imkoniyati mavjud, bu aniqligi 7,9% ga yaxshilangan.

Smart Band 9 NFC bilan va NFCsiz ikki turda mavjud. NFC bilan jihozlangan model hatto avtomobil kalitlari sifatida foydalanish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari, qurilmada 20 turli vibratsiya rejimi mavjud.

Narxi

Qurilma allaqachon Xitoyda sotuvga chiqdi.

- NFCsiz versiyaning narxi taxminan 450 000 soʻm,

- NFC moduli bilan versiya esa 540 000 soʻm turadi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08