Xiaomi mutlaqo bezarar simsiz argʻamchi ishlab chiqdi
Texnologiya
05 may, 17:50
Mijia Smart Skipping Rope — uy sharoitida argʻamchida sakrashni oʻrganmoqchi boʻlganlar uchun maxsus simsiz arqon.

Uning tutqichiga odatiy rezina tasma oʻrniga kalta yumshoq materialdan ishlangan moslama oʻrnatilgan. Ishlab chiqaruvchilarning aytishicha, argʻamchini ipsiz qilishdan maqsad — foydalanuvchining sakrash chogʻida oyoqlariga zarar yetishini oldini olish boʻlgan.

Gadjetning xususiyatlari:
- simsiz boshqariladigan moslamadan tashqari odatiy rezina tasma ham toʻplamga qoʻshib sotiladi;
- haftada bir necha marta mashq qilinganda batareyalar 15-20 kunga yetadi;

- moslamaning oʻng tutqichida sakrashlar soni va kaloriyalarni hisoblash funksiyasi, shuningdek, taymer hamda sekundomer mavjud;
- smartfondagi Mi Fitness ilovasi orqali mashg‘ulot natijalarini hamda professionallardan oʻrgatuvchi video-mashqlarni koʻrib borish mumkin;

- elastik tasma uzunligi va ogʻirligini moslashtirish mumkin.
Ayni paytda Xitoyda sotuvga chiqarilgan moslama narxi taxminan 20$, AliExpress’da esa 26$ ga baholanmoqda.

Avvalroq Giglink.uz Xiaomi imo-ishoralar bilan boshqariladigan Mijia Pipi smart lampasi haqida xabar bergan edi.
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon

Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya

Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar

OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar