Windows 11 endi Android ilovalarining tezroq ishlashini ta’minlaydi

Endi Windows tizimida Android ilovalaridan foydalanganda ishlash har doimgidan osonroq boʻladi. Shuningdek, Linux va ilovalar xavfsizligi borasida o‘zgarishlar bo‘ladi.

Yangilanishlarning qisqacha mazmuni esa quyidagilardan iborat:

  • Microsoft yaqinda Windows insayderlariga Android uchun Windows quyi tizimiga yangilanish yuborganini maʼlum qilgan.
  • Android uchun Windows quyi tizimi endi minimal resurslarda ishlaydigan, lekin ilovalarni kerakli rejimga qaraganda tezroq ishga tushirish imkonini beruvchi “Qisman ishlayotgan” tizimga ega.

Microsoft Android uchun Windows quyi tizimi (WSA) uchun bir qator yangilanishlarni tayyorlamoqda. Yangilanish barcha Windows Insider kanallarini qamrab oldi. WSA yangilanib 2303.40000.3.0 versiyasiga oʻtib bir nechta muhim xususiyatlarga ega boʻlmoqda.

Shuningdek, qoʻshimcha tizim yangilanishlari ham maʼlum qilingan. Unga koʻra,

  • Linux yadrosi 5.15.78 ga yangilandi.
  • Platformaning ishonchliligini oshirildi.
  • Android 13 xavfsizlik yangilanishlariga ega boʻldi.

Avvalroq Giglink.uz Windows 10 va macOS uchun eng koʻp foydalaniladigan klaviaturalar ro‘yxatini taqdim etgan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08