Tesla Bot odamsimon robotlari yurishni, harakatlarni takrorlashni va narsalarni joylashtirishni oʻrgandi

Tesla robotlari sekin boʻlsa-da, harakat qilishi, obyektlarni eslab qolishi va narsalarni terib olishi mumkin.

Yangi videoni Ilon Mask aksiyadorlar yigʻilishida taqdim etar ekan, milliarder uni tadbirdan bir kun oldin tayyorlanganini aytdi. Yaʼni bu robotning ayni kundagi holatini koʻrsatadi.

Tesla Bot odamsimon robot dastlab oʻtgan yili kompaniyaning AI kuni tadbirida taqdim etilgan edi. Oʻsha paytda Tesla faqatgina sahnada tomoshabinlarga qoʻl silkitishi mumkin boʻlgan prototipni koʻrsatgan edi. Shuningdek, joriy yilning 1-mart kuni boʻlib oʻtgan investorlar kunida Tesla odamsimon robot — Optimus boshqa bir Optimus robotni hech qanday inson ishtirokisiz tergan edi.

Videoda robotning atrof-muhitni qanday aniqlashi va eslab qolishi, inson harakatlarini oʻrganishi va taqlid qilishi hamda turli xil ishlarni bajarishi koʻrsatilgan. Misol uchun, robot narsalarni bir idishdan boshqasiga oʻtkazishni oʻrganganligi namoyish qilindi.

Taxminlarga koʻra, Tesla Cybertruck pikaplarini yetkazib berishni boshlaganidan keyin bir muncha vaqt oʻtgach, Tesla Bot ishlab chiqarishni boshlaydi.

Ma’lumot uchun, Ilon Mask Tesla Cybertruck yetkazib berilishi 2023-yil birinchi chorak yakunida boshlanishini ma’lum qilgandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08