SpaceX dunyodagi eng katta sunʼiy yoʻldoshni koinotga muvaffaqiyatli uchirdi

SpaceX eng ogʻir tijorat sunʼiy yoʻldoshi Yupiter-3 ni Falcon Heavy raketasida orbitaga chiqardi. Bu haqda 30-iyul kuni kompaniya Twitterʼdagi sahifasida maʼlum qildi.

Falcon Heavy oʻta ogʻir tashuvchi raketasi EchoStarʼning Yupiter-3 keng polosali sunʼiy yoʻldoshini geostatsionar orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi. Uning ogʻriligi —  ogʻirligi 9,2 tonna. Bu haqda Spacenews.com sayti xabar berdi.

“Yupiter-3” EchoStar korporatsiyasi buyurtmasi bilan Maxar Technologies tomonidan yaratilgan. Uning massasi 9,2 tonna, shundan 3,5 tonnasini yoqilgʻi tashkil qiladi. U Soyuz boshqariladigan kosmik kemasi, Xitoyning Tiangong kosmik stansiyalari va Jeyms Uebb observatoriyasidan ogʻirroq va Hubble kosmik teleskopidan bir oz yengilroq. Qurilma Ka-band toʻlqin uzunliklarida sekundiga besh yuz gigabit oʻtkazish uchun moʻljallangan va 20 yil ishlashi kerak.

Yupiter 3 Shimoliy va Janubiy Amerika mamlakatlarini simsiz internet bilan taʼminlaydi. Qurilma maksimal oʻtkazish qobiliyati 500 Gb/s boʻlgan aloqa kanalini yaratadi. Yangilik eʼlon qilingan vaqtga kelib, sunʼiy yoʻldosh orbitaga chiqishi kerak.

Ogʻirligi 9,2 tonna boʻlgan Yupiter 3 aloqa sunʼiy yoʻldoshining orbitaga chiqarilishi astronavtika tarixida mutlaq rekord boʻlmadi. Rekord Ariane 5 raketasida qolmoqda, u 2021-yilda umumiy massasi 10,2 tonna boʻlgan ikkita sunʼiy yoʻldoshni koinotga uchirgandi. Biroq, Yupiter 3 ni orbitaga joʻnatish rekord massaga ega yagona obyektning uchirilishi boʻldi. Endi u geostatsionar orbitaga chiqadigan eng ogʻir sunʼiy yoʻldosh boʻladi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08