Sem Altman Marsda yashashni emas, u yerga robotlarni yuborishni istashini aytdi

OpenAI direktori Sem Altman ilmiy-fantastik filmlardagidek texnologik yangiliklar qilishni maqsad qilgan, ammo u Ilon Mask kabi Marsda yashashni istamaydi.

Oʻtgan hafta London Universitet kollejida boʻlib oʻtgan nutqida, ChatGPTʼni yaratgan OpenAI asoschisi va bosh direktori Altmandan sunʼiy intellekt Marsda inson hayotini oʻrnatishga yordam bera oladimi, deb soʻrashdi.

“Marsga borib yashashni istamayman – bu dahshatli eshitiladi”, dedi u. “Yaxshisi biz avval robotlarni yuborib va Marsda sharoitni biroz yaxshilab olganimiz maʼqul”, deya qoʻshimcha qildi u. “Aslida esa menga Yer koʻproq yoqadi, oʻzimizning sayyora juda ajoyib”.

Altmanning Mars haqidagi qarashlari OpenAI ta'sischilaridan biri va SpaceX bosh direktori Ilon Maskning fikrlaridan keskin farq qiladi, u 2050-yilgacha Qizil sayyoraga bir million odam jo‘natmoqchi ekanligini va yoshi ulg‘ayganida Marsga borishni shaxsan o‘ylashini aytdi.

Albatta, Mask ham Marsga robotlar yuborish haqida izlanishda davom etayapti.

Xususan, 2021-yilda u Teslaning odamsimon roboti Marsda xavfli sharoitlarda ishlash uchun koʻplab ishlab chiqarilishini aytgandi. Maskning taʼkidlashicha, robot Teslaning 2022-yildagi eng muhim loyihasi boʻlib, oxir-oqibat uning elektromobil biznesidan ham “ahamiyatliroq” boʻlishi mumkin. Kompaniya robotning faqat prototiplarini taqdim etgan boʻlsa-da, uning chiqish sanasi hali aniq emas.

Mask 2015-yilda OpenAI asoschilaridan biri bo‘lgan, biroq u Teslaning sunʼiy intellekt boʻyicha manfaatlar toʻqnashuvini aytib, 2018-yilda boshqaruv kengashini tark etgandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08