OtoSet-Quloq ichini tozalaydigan quloqchinlar

Amerikaning SafKan Health kompaniyasi tashqi koʻrinishi quloqchinlarga oʻxshash OtoSet quloq tozalash tizimini sotishni boshladi. Bu qurilma 5 daqiqada quloq kanallarini tozalay oladi.

habr.com

OtoSetʼning tashqi koʻrinishi minigarnituralarga oʻxshaydi, biroq ular smartfonga ulanmaydi va faqat suyuqlikni toʻldiruvchi tovush va nasos shovqini eshitiladi.

OtoSetʼning tepa qismidan bir martalik quloqchinlar orqali quloqlarga suyuq eritma quyiladi. Eritma quloqlarni tozalagach, mininasos uni pastki qismga tortadi. Tozalovdan soʻng OtoSetʼni nam salfetka bilan artib qoʻysangiz yetarli.

Ishlab chiqaruvchi taʼkidlashicha, otolaringologga quloq kanallarini tozalash uchun taxminan 20 daqiqa vaqt ketadi, OtoSet buni 5 daqiqada amalga oshiradi.

Qurilma faqat sogʻliqni saqlash mutaxassislari uchun moʻljallangan. Ehtimol, shuning uchun ham u biroz qimmat – 3000 $ atrofida.

Arizona shtatining Tukson shahrida joylashgan SafKan kompaniyasi 2020 yilda OtoSetʼni joriy etish uchun AQSh oziq-ovqat va farmatsevtika sanitariyasini nazorat qilish idorasining ruxsatini olgan edi. 

Endilikda ishlab chiqaruvchi qurilmaning isteʼmolchi versiyasini ham chiqarishni rejalashtirmoqda.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08