Qondagi qand miqdorini aniqlaydigan birinchi soat — Huawei Watch 4 va Watch 4 Pro ishlab chiqarildi

Huawei Watch 4 va Watch 4 Pro bugun Xitoyda sotuvga chiqarildi. Bu qonda qand miqdorini nazorat qilish texnologiyasiga ega dunyodagi birinchi aqlli soat deyilmoqda.

Biroq, Huawei funksiyaning aniq qanday ishlashini oshkor qilmadi.

Yaqin vaqtgacha aqlli soatlar oʻlchay olmaydigan salomatlikning muhim koʻrsatkichlaridan biri bu qondagi qand miqdoridir. Huawei Watch 4 seriyasi esa qandli diabet yoki prediabetga chalingan odamlarda qondagi qand darajasini baholash uchun moʻljallangan xususiyatlarni ega boʻlib, qondagi qand miqdorining anormal darajasini aniqlaydi va kishining holati xavfli yoki yoʻqligi haqida ogohlantiradi.

Boshqacha qilib aytadigan boʻlsak, Huawei Watch 4 qondagi qand miqdorini aniq kuzata olmaydi, biroq u qondagi qand miqdorining koʻtarilishini kuzatish uchun ishlatilishi mumkin.

Huawei bosh direktori Yu Chengdong Weiboʻda Watch 4ʼning xususiyatlarining batafsil tavsifini joylashtirdi. Aytilishicha, u 60 soniya ichida 10 ta hayotiy belgini oʻlchay oladigan “mikrofizik tekshiruv funksiyasi”dan foydalanmoqda.

Soat reklamasiga asosan ekranda quyidagicha bildirishnoma paydo boʻladi: “Siz qondagi qand miqdorida oʻzgarishlarga duch kelishingiz mumkin. Shakar, yogʻ va yogʻlarga boy taomlanish qonda qand miqdorining koʻpayishi xavfini oshirishi mumkin. Iltimos, soatingizni taqishda davom eting”.

Huawei Watch 4 seriyasining qolgan xususiyatlari boshqa smart watchʼlarnikiga oʻxshash. Watch 4 Pro sapfir kristalli 1,5 dyuymli AMOLED LTPO ekraniga ega, 48 mm korpus esa TC4 titanium qotishmasidan tayyorlangan. Oddiy Watch 4 46 mm zanglamaydigan poʻlatdan yasalgan korpusga ega. Watch 4 Pro shuningdek, LTE tarmoqlariga eSIM va oʻrnatilgan GPS orqali ulanish imkoniyatiga ega. Watch 4 batareyasining ishlash muddati odatdagi foydalanish uchun uch kun, Watch 4 Pro esa 4,5 kungacha yetadi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08