Pavel Durovning oddiy Samsungi Dubay issiqligiga dosh bermadi

Boyligi milliard dollarlik Durov so‘nggi ikki yil davomida Samsung Galaxy A52 arzon modelidan foydalangan.

Telegram messenjerining asoschisi Pavel Durov Dubaydagi kuchli issiqlik sababli Samsung smartfonidan ayrildi. Bu haqda u o‘zining rasmiy ingliz tilidagi Telegram kanalida ma'lum qildi.

Durov ishdan chiqgan smartfonining suratini joyladi va uni sotib olgan paytda narxi $180  boʻlganini yozdi. Suratlardan koʻrinib turibdiki, boyligi milliard dollarlik Durov Samsung Galaxy A52 arzon modelidan foydalangan.

Durovning aytishicha, u bu telefonni so‘nggi ikki yil davomida ishlatgan. U bu orqali foydalanuvchilarining tajribasini yaxshiroq tushunishga harakat qilgan, chunki bu model Telegram foydalanuvchilari orasida eng ommabop hisoblanadi. Afsuski, smartfon haddan tashqari qizib ketishi tufayli ishdan chiqqan.

"Koʻrinishidan, tez orada telefonimni almashtirishimga toʻgʻri keladi", - deb yozdi u.

Durovning Telegram kanalida 2,5 milliondan ortiq obunachisi bor. Yangi post esa bir soatdan kam vaqt ichida 250 mingdan ortiq ko‘rish va minglab reaksiyalar to‘pladi.

Telegram dunyodagi eng mashhur messenjerlardan biridir. Butun dunyo bo‘ylab undan har oyda yuz millionlab odamlar foydalanadi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08