Oʻzbekiston shaharlarining “asl yuzi” neyrotarmoq yordamida koʻrsatildi
Texnologiya
22 fevral, 16:12
Midjourney sunʼiy intellekt platformasi yurtimizdagi shaharlarning aholisi va tarixidan kelib chiqib ularni turli shaxslar obrazida tasvirladi.

Midjourney neyrotarmogʻi orqali ishlab chiqilgan mazkur obrazlar oʻsha shaharning oʻziga xos jihatini aks ettiradi. Hook jamoasi sunʼiy idrokning beta versiyasidan foydalangan holda bir nechta tasvirlarni generatsiya qilishga muvaffaq boʻldi.
Yosh qiz, qariya, Amir Temurga oʻxshash sarkarda timsoli kabi shaxslar tasvirida siz milliy bosh kiyimi, shaharning tarixiy obidalarida uchraydigan naqshlar va ularni eslatuvchi ranglar hamda hududga xos aksessuarlarni koʻrishingiz mumkin.
Maʼlumot oʻrnida, Midjourney neyrotarmogʻida turli mavzularni generatsiya qilish oʻziga xos trendga aylandi, desak ham boʻladi. Internet boʻylab, inson koʻrinishidagi rus shaharlari, kelajakda barpo qilinishi mumkin boʻlgan shaharlar, binolar, Batmanʼning “yaponcha versiyasi” kabi turli natijalarni uchratish mumkin.






Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon

Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya

Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar

OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar