Opera Aria — OpenAI GPT asosidagi brauzer uchun qoʻshimcha sunʼiy intellekt funksiyalari

Opera Ariaʼdan Opera One brauzeri va Android Operaʼning beta-versiyasida bepul foydalanish mumkin.

Opera kompaniyasi ham soʻnggi texnologiya — sunʼiy intellektni loyihalarida qoʻllashda davom etmoqda. Bu safar kompaniya OpenAI GPT texnologiyasidan foydalanadigan brauzerga asoslangan yangi SI tizimidagi Opera Ariaʼni taqdim etdi.

Opera Ariaʼdan Internetda maʼlumot qidirish, matn yoki kod yaratish, turli javoblar va gʻoyalarni olish uchun foydalanish mumkin. Ishlab chiquvchilarning soʻzlariga koʻra, Opera Aria “Opera qoʻllab-quvvatlash bazasini biladi”, yaʼni u Opera mahsulotlari yoki xizmatlariga oid har qanday savollarga javob berishi mumkin.

Yangi tizim Composerʼning OpenAI GPT quvvatidan foydalanadi va uni boshqa sunʼiy intellekt modellari bilan bogʻlash uchun ishlatish mumkin, bu esa kelajakda oʻz imkoniyatlarini kengaytirish imkonini beradi.

Opera kompaniyasi bungacha One — kelajak brauzerini ishlab chiqqan, u ChatGPT va ChatSonic chatbotlaridan foydalanish uchun oʻrnatilgan yon panelga egaligi ma’lum qilingandi. Shuningdek, bungacha Opera o‘z brauzeriga bepul VPN qo‘shgan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08