Haier obuna asosida ishlaydigan kir yuvish mashinasini sotuvga chiqardi. U yuvish vositalari narxini tejaydi

Mazkur maishiy texnikani suv taʼminoti, kanalizatsiya va Wi-Fi tarmogʻiga ulash kifoya — kir yuvish mashinasi oʻzidagi yuvish uchun maxsus vositalar yordamida avtomatik ishlaydi.

Italiyaning Haier brendi obuna boʻlish asosida ishlaydigan kir yuvish mashinalarini sotuvga chiqardi (La Stampa).

Mashinaning byudjetga qarab turli obunalari mavjud. Agar oʻrtacha hisoblaydigan boʻlsak, mashina va kir yuvish kukunlari kabilarni umumiy qoʻshganda, 3 yillik xarajat 1 ming yevroni ( 1 081 dollar) tashkil qiladi.

Haier Washpass obuna narxlari

Narx siz rejalashtirgan yuvish turiga qarab oʻzgaradi: barcha holatlarda boshlangʻich xarajat 150 yevroni tashkil etadi, keyinchalik uni “Kichik” (oyiga 18 yevro, yiliga 100 ta yuvish), “Oʻrta” (23 yevro, oyiga 220 marta yuvish) yoki “Katta” (oyiga 28 yevro, yiliga 340 marta yuvish).

Buyurtma berganingizdan soʻng siz kir yuvish mashinasini, shuningdek, kir yuvish vositalari va mato yumshatkichning birinchi partiyasini olasiz, yuvish vositalarining idishlari (jami 4 ta) koʻrsatmaga muvofiq joylashtirib beriladi. Idishlari boʻshab qolganida, kir yuvish mashinasi ularni oʻzi toʻldiradi, yuvish vositalarining oʻzi esa obunada koʻzda tutilgan yillik miqdorda uyga yetkaziladi.

Minimal obuna muddati — 36 oy: mavjud obuna tugagach, avtomatik ravishda yangi obunaga ulanadi.

Foydalanishning birinchi 3 yilida, ilk toʻlovni hisobga olgan holda, Washpass tanlangan rejaga qarab 800 dan 1100 yevrogacha baholanadi. Mazkur texnikaning ustunligi ham ortiqcha xarajatlarni qisman boʻlsada qisqartirishi, toʻliq mexanizmlashganligi va uyga yetkazib berish xizmatlarining qulayligida.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08