Neyrotarmoqni ikkilantirib qoʻygan bolalar topishmogʻi
Texnologiya
17 aprel, 19:43
Rossiyalik bloger Denis Shiryaev neyrotarmoq bolalar uchun moʻljallangan suratdagi narsalarni topish jumbogʻini qanchalik yecha olishini tekshirishga qaror qildi. Bu boshqotirma 1990-yillarda chiqarilgan yapon jurnallaridan olingan.

Vazifa oddiy: rasmda toʻrt xil hayvonni topish kerak. Itni topish, tabiiyki, qiyin boʻlmagan. Ammo qolganlari uchun ziyraklik kerak. Kichik yordam beramiz: rasmda oʻrdak, kapalak va koʻrshapalak yashiringan.
Rossiyalik bloger sunʼiy intellektga bu jumboqni yechishni topshirdi (Denis aynan qaysi neyrotarmoqdan foydalanganini ochiqlamagan).
Natija: hayvonlardan neyron tarmoq faqat itni topdi. Bundan tashqari, sunʼiy intellekt odamlarni toʻgʻri aniqladi. Biroq, randani soat, taxtani esa mobil telefoni deb adashgan. Texnologiya chizma va mix qutisini kitoblar deb bergan.

Javob

Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon

Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya

Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar

OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar