Navbatdagi “aʼlochi” sunʼiy idrok – “Claude” huquqshunoslikdan imtihonni muvaffaqiyatli topshirdi

Jorj Meyson universiteti iqtiso fanlari professori Aleks Tabarrokaning maʼlum qilishicha, Anthropic kompaniyasining “Claude” sunʼiy intellekti huquq va iqtisod fanlaridan imtihonni yaxshi topshirdi.

Indatalabs.com

Oʻz imkoniyatlaridan kelib chiqib javob berishga harakat qilgan sunʼiy idrok bilim darajasini olimlar past baholagan, biroq “Claude”ning oʻz fikrida qatʼiy turib olgani, javoblariga dalil keltirgan holda nuqtai nazarini oxirigacha ilgari surgani uchun olimlar unga yaxshi baho qoʻyishdi.

Googleʼning sunʼiy idroklarni test qilishi boshlanganidan soʻng turli AIʼlar haqida tahlillar ayniqsa koʻpaydi. Shulardan biri, ChatGPTʼning Google kompaniyasida 183 000 dollarlik maosh toʻlanadigan muhandislik suhbatidan oʻtgani boʻlgan edi. Biroq “Claude” hamkasbiga solishtirganda anchayin kuchsiz hisoblanadi.

Hozirgi kunda AI loyihalarning ishlab chiqarish sohalarida keng qoʻllanilayotgani guvohi boʻlmoqdamiz. Chunki sunʼiy aqlning barcha imkoniyatlari hali ochilmagan va uni yana qaysi sohalarda foydali boʻlishi aniq emas. Claude sunʼiy idrokining oʻziga xosligi shundaki, u ʼkonstitutsiyaviy sxemada” ishlab chiqilgan boʻlib, holatga obyektiv qarashga oʻrgatilgan. Qisqa qilib aytganda, AI “yaxshi”, “yomon”, “taqiqlangan” kabi tushunchalarni bilmaydi va shunchaki oʻzidagi maʼlumotlardan kelib chiqadi.

Shu bilan “Claude” turli bahsli mavzularda ishtirok etmaydi, u-yoki bu qarashni targʻib qilishga urinmaydi va keng qoʻllanish uchun xavfsiz deb hisoblanishi mumkin. Boshqa tarafdan, u turli murakkab savollarga javob berish, qiyin masalalarni yechishga qodir emas. Sunʼiy idrok istalgan mavzuda oʻz fikrini shakllantirib borishni istaydi, lekin soʻrovni “ahmoqona” yoki provokatsion mazmunda deb topsa, suhbatni davom ettirishdan bosh tortadi.

Shunday qilib, ChatGPT intellektual instrument vazifasini oʻtasa, “Claude” koʻproq sunʼiy shaxs sifatlariga yaqinroq.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08