Marsning birinchi rangli xaritasi ishlab chiqildi

Xitoy milliy kosmik boshqarmasi (CNSA) Marsning birinchi toʻliq rangli xaritasini taqdim etdi.

Missiyaning orbital moduli sayyorani suratga olish va vizualizatsiya qilish bilan shugʻullangan. 2021-yilning noyabridan 2022-yilning iyuligacha boʻlgan sakkiz oy ichida zond kamerasidan Marsning 14 757 ta surati olingan. Xarita qizil sayyora yuzasini batafsil koʻrish imkonini beradi.

Xaritaning kenglik oʻlchami har bir piksel uchun 76 metrni tashkil qiladi.

Xitoy so‘nggi yillarda koinot jismlariga oid izlanishlarga ayniqsa katta e’tibor qaratmoqda, misol uchun oldinroq Oyda baza qurish maqsadida oy tuprogʻidan 3D gʻisht bosib chiqarishni rejalashtirgan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08