Janubiy Koreya rejalashtirilganidan ham oldinroq 6G ishga tushirmoqda

Va’da qilinayotgan aloqa tezligi 100 Gbit/s dan 1 Tbit/s gachani tashkil qiladi.

6G internet tezligiga Janubiy Koreya 2030-yilda erishishi maʼlum qilingan edi. Biroq, mamlakat dunyoda eng tez aloqani 2 yil oldin, ya’ni 2028-yilda oʻrnatishi haqida xabar berdi, mamlakat Fan, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vazirligi.

K-Network 2030 rejasiga muvofiq, Janubiy Koreya hukumati tijorat 6G tarmoqlarini ishga tushirishni tezlashtiradi.

Shu bilan birga, hukumat mahalliy kompaniyalarni mamlakatda oltinchi avlod tarmoqlarini joriy qilish uchun kerakli materiallar, ehtiyot qismlar va uskunalar ishlab chiqarishni taʼminlashini, operator xizmatlariga moslashuvchan xizmatlarni taklif qilish imkonini beruvchi ochiq tarmoqni rivojlantirish kabi vazifalarni oʻz zimmasiga olishi ham maʼlum qilingan.

Vazirlikning aytishicha, hozirda qiymati qariyb 480 million dollarlik 6G texnologiyasini tadqiq etish va rivojlantirish loyihasining texnik-iqtisodiy ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Janubiy Koreya dunyo boʻylab 5G texnologiyasi tarqalganidan soʻng boshlangan aloqa raqobati ortidan 6G uchun “bellashuvda” global birinchilikni saqlab qolish yoʻllarini ham ishlab chiqmoqda. Mamlakat simsiz aloqani yetkazib berishda past va yuqori tezlikni taʼminlay olish uchun imkoniyatlarini kengaytirmoqda.

Germaniyaning IPlytics tahliliy firmasiga maʼlumotlariga koʻra, 4G texnologiyasida amerikalik va yevropalik kompaniyalar ilgʻor boʻlgan boʻlsa, Janubiy Koreya 5G tarmoqlarini rivojlantirishda yetakchilik qilgan.

Xususan, Osiyoning iqtisodiy salohiyati jihatidan toʻrtinchi oʻrinda turuvchi davlati oʻtgan yili 5G patentlarining 25,9 foiziga egalik qilgan, undan keyingi oʻrinda 26,8% bilan Xitoy turgan. Janubiy Koreya hukumati 6G tarmoqlarini rivojlantirish chogʻida bu koʻrsatkichni 30 foizga yetkazishini maʼlum qildi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08