iOS 16.5 Candidate versiyasi chiqdi: o’zgarishlar haqida
Texnologiya
10 may, 18:25
Apple iOS 16.5 relizdan oldingi versiyani chiqardi.

Kompaniya ushbu yangilanishda qanday yirik o’zgarishlar qilganiga aniqlik kiritmagan. Faqat dasturiy xatoliklar tuzatilgan va barqarorlik yaxshilangan, deyilmoqda.

Sinov versiyadagi ba’zi yangiliklar:
- Pride yangi fon rasmi.
- Apple News ilovasida endi tarixlar, ballar va boshqalarga kirish imkoniga ega Sport tab mavjud.
- Spotlight qayta javob bermay qolishi kabi muammolar tuzatildi.
- Radio va boshqa ilovalarni qo'llab-quvvatlaydigan CarPlay’dagi podkastlar yuklash borasidagi muammo tuzatildi hamda dizayni yangilandi.
- Ekran vaqti sozlamalari qayta o‘rnatilishi yoki barcha qurilmalarda sinxronlanmasligi mumkin bo‘lgan muammo tuzatildi.
- Siri orqali ekranni yozib olish mumkin.
- Custom Accessibility Mode — qariyalar uchun ilovalar belgilarini kattalashtiradi.
- Suhbatlar va foydalanuvchi yozishmalari xavfsizligi uchun FaceTime va iMessage’da shifrlash kalitlarini tekshirish.

Yuklab olish
Candidate versiya taxminan 16-mayda chiqishi mumkin. Dasturning hajmi taxminan 5,5 GB, proshivka raqami 20F65. iOS 16.5 RC ni hoziroq yuklab olish mumkin:
- Havola orqali iPhone uchun beta-versiyani yuklab oling.
- Sozlamalarni oching va "Yuklab olingan profil" (Профиль загружен)ni tanlang, keyin uni o'rnating.
- iPhone’ni qayta ishga tushiring va "Dasturiy ta’minotni yangilash" ga o‘ting, so‘ngra yangi versiyani topib o‘rnating.
Ma’lumot uchun, 5-iyun kuni yilning eng yirik o‘zgarishlariga ega bo‘lishi kutilayotgan iOS 17 taqdim qilinadi. Hozircha bu proshivkaga oid insayder ma’lumotlari haqida oldingi xabarlarda o‘qishingiz mumkin.
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon

Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya

Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar

OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar