Ilon Maskning rejalari: 2 yil ichida marsga starshipni uchirish va 2040 yilgacha robotlar soni insonlardan oshib ketadi

Ilon Mask Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan 8-yillik Kelajak Investitsiya Tashabbusi (FII8) sammitida video orqali qatnashib, ko‘pchilikni qiziqtirgan bir necha mavzuda fikr bildirdi.

Maskning aytishicha, SpaceX kompaniyasi kelgusi ikki yil ichida Starship raketasini Marsga uchirishni rejalashtiryapti. Tesla haqida gapirar ekan, u AQShda 2024 yilga kelib avtomobillarni "nazoratsiz avtopilot" bilan boshqarish texnologiyasi joriy etilishini kutmoqda. Shuningdek, 2026 yilga borib, Cybercab haydovchisiz taksilar ommaviy ishlab chiqarila boshlanishi rejalashtirilgan.

Maskning taxminiga ko‘ra, 2040 yilga kelib dunyo bo‘yicha kamida 10 milliard robot ishlatila boshlaydi va ularning soni insonlar sonidan oshib ketadi. U shuningdek, 2040 yilga borib odam shaklidagi robotlarning narxi 20,000 - 25,000 AQSh dollarigacha tushishini aytmoqda.

Mask deyarli barcha uzoq muddatli energiya manbalarining quyosh energiyasidan olinishi kerakligini ta’kidlaydi. Unga ko‘ra, sun'iy intellektning insoniyatga salbiy ta’sir ko‘rsatish ehtimoli 10% - 20% ni tashkil etadi.

Mask shuningdek, o‘zining XAI sun’iy intellekt startapining hajmini ikki barobar oshirishni rejalashtirmoqda.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08