Huawei MateBook X Pro 2023 va MateBook 16S 13-avlod Intel chiplari bilan yaxshilandi

Huawei kompaniyasi MateBook X Pro va MateBook 16S qatoriga 13-avlod Intel protsessorlari va nomiga ham 2023 — ishlab chiqarish yilini qoʻshdi. Aslida esa bu modellar 2022-yilgi analoglaridan unchalik farq qilmaydi.

MateBook X Pro 2023

Huawei MateBook X Pro 2023 da yangi protsessordan boshqa yangilik yoʻq. Noutbuk 12-avlod Intel P-seriyali chiplaridan Core i5-1340P, i7-1360P tanlovi bilan 13-avlod Raptor Lakeʼga oʻtdi. Protsessor bir xil 28 Vt termal qoplam va 12 yadro hamda 16 potokli bir xil konfiguratsiyaga ega.

Ular 4 ta ishlash yadrosi va 8 ta yadro oʻrtasida boʻlingan. Operativ xotira — 16 GB yoki 32 GB, grafika — Intel Iris Xe GPU.

Displey tomonlar nisbati 3:2, 14,2 dyuymli LTPS sensorli ekrani, 90 Gts, 3120x2080 piksel va 500 nits eng yuqori yorqinligi.

MateBook X Pro 2023 ichida 60 Vt quvvatga ega akkumulyator va yon tomonlarda toʻrtta USB-C porti — chapda ikkita Thunderbolt 4 va oʻngda ikkita USB-C mavjud.

MateBook X Pro 2023 atigi 1,26 kg ogʻirlikda va metall korpusda ishlab chiqilgan. 

Ranglari — kosmik kulrang, koʻk va och siyoh. MateBook X Pro 2023 1-iyundan ~2 268 dollarda sotuvga chiqariladi.

MateBook 16S 2023

MateBook 16S 2023 ga kelsak, bu 3:2 nisbatli sensor displey va 2520x1680 oʻlchamli 1,99 kg 16 dyuymli noutbuk. Huawei displey 400 nitsni tashkil etadi, bu avvalgi avloddan 100 ga koʻp va katta yaxshilanish boʻladi (2017-yilgisi 300 nits boʻlgan).

Protsessor tanlovi — barcha 13-avlod va barcha H seriyali (45 Vt) — i9-13900H, i7-13700H va i5-13500H.

MateBook 16S 1-iyun kuni ~1 890 dollar narxda sotuvga chiqariladi.

Avvalroq 2023-yilda yangi MacBook va iPads chiqarilmasligi, bu Apple chiplari talabga javob bermagani bilan bog‘liqligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08