Hamster Kombat oʻyinining mohiyati nima?

Agar siz Hamster Kombat oʻyini haqida eshitgan boʻlsangiz, ehtimol, uning yakuniy maqsadi va undagi hiyla nima ekanligini qiziqqansiz.

Hamster Kombat — bu onlayn kliker janridagi oʻyin boʻlib, foydalanuvchilarga ekranga oddiy bosish orqali oʻyinni boshqarish imkonini beradi. Oʻyin zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan va Telegram platformasida mini-ilova shaklida mavjud. Oʻyin ichidagi asosiy qahramonlar — hamsterlar boʻlib, oʻyinchi hamster ustiga bosib, virtual tangalar koʻrinishida mukofotlar oladi.

Hamster Kombat oʻyinining kelib chiqishi

Hamster Kombat oʻyini 2024-yilning aprel oyi ishga tushirildi. Oʻyin Nikolay Durov va Telegram jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan va ishga tushirilgan The Open Network (TON) blokcheyn platformasi asosida ishlab chiqarilgan. 

Oʻyin juda tez mashxurlikga erishdi va ishga tushirilgandan soʻng dastlabki 11 kun ichida bir milliondan ortiq foydalanuvchini jalb qildi. May oyining oxiriga kelib, Hamster Kombat 60 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega boʻldi. Oʻyin kriptovalyuta asosida boʻlganligi sababli, uning tokenlari oʻyinchilar uchun qoʻshimcha qiziqish uygʻotdi. Tokenlar HMSTR deb nomlanadi va oʻyinchilar oʻzlarining shaxsiy ballarini ushbu tokenlarga almashtirishlari mumkin.

Hamster Kombat oʻyinida pul ishlash mumkinmi?

Potentsial ravishda Hamster Kombat oʻyinidagi virtual tangalar haqiqiy pulga almashtirilishi mumkin deyishadi, Lekin hozirda amalda yoʻq. Buni amalga oshirish uchun oʻyin dasturchilari biror kriptobirja bilan hamkorlik qilishi kerak. Agar kriptobirja oʻyin ballarini oʻz platformasida joylashtirishga rozi boʻlsa, tangalar kriptovalyutaga aylanadi. Bu kriptovalyutani $HMSTR deb nomlash rejalashtirilgan.

Shuni ta'kidlash kerakki, Hamster Kombat bu turdagu birinchi va yagona oʻyin emas. Hamster Kombat'dan tashqari, hozirda Catizen, Blum, Yescoin va boshqa loyihalar ham mashhur. TON platformasida bunday ilovalarning soni yuzlab topiladi.

Asosiy tushunchalar

Ballar - oʻyinchilar kliklar va boshqa faoliyatlar uchun oladigan oʻyin valyutasi.

Tokenlar - dasturchilar oʻyinchilarga ballar evaziga beradi kriptovalyuta tokenlari;

Tanga - kriptobirjaga joylashtirilgandan soʻng qiymatga ega boʻlgan, ya'ni volatillik kriptovalyutaga aylangan token.

Hamster Kombat dasturchilari pulni tekin tarqatishdan nima foyda oladi?

Xa ular yaxshigina foyda olishlari mumkin qanday qilib?

Ular Hamster Kombat oʻyinidagi har bir kishiga haqiqiy pul tarqatmaydilar, ular kriptovalyuta tokenlarini tarqatadilar, bu tokenlar HMSTR deb ataladi. Yangi kriptovalyuta loyihasi ishtirokchilarga ozgina tangalar tarqatadilar, tizimni ishga tushirish uchun bu normal amaliyotdir. Hatto eng yaxshi kriptoloyiha ham, uning tokenlaridan hech kim foydalanmasa, hech kimga kerak emas. Hamster Kombat oʻyinchilari tokenlarni olgach, ular tokenlarni haqiqiy pulga almashtirish uchun shoshadilar, ular Hamster Kombat loyihasida pul ishlashni xoxlovchilarga sotadilar, bu xohlovchilar token narxining oʻsishiga ishonishadi va keyinroq qimmatroqqa sotish uchun haqiqiy pul tikishga tayyor boʻladilar. Agar loyiha amaliy qiymatga ega bo'lmasa, token kursi keskin tushib ketishi mumkin.

Hamster Kombat dasturchilari butun loyiha tizimini yaratish paytida muomilagadagi  virtual tanga zahirasini yaratadilar, bu odatda cheklangan miqdorda boʻladi va keyinchalik boshqa "bosib chiqarish" imkoni yoʻq. Bu zaxiradan ular odatda oʻzlariga 20% zaxirani oladilar  qolgan qismini oʻyinchilarga tarqatadilar  Hamster Kombatda ehtimol bu 1% boʻlishi mumkin, qolgan qismi esa keyingi mukofotlar olib qoʻyiladi. 

Shunday qilib Hamster Kombat dasturchilari tangalarni tarqatgandan va listing qilgandan soʻng, tokenlarning narxi oʻsishini kutishadi. Narx kerakli nuqtaga yegandan keyin ular oʻzlaridagi 20% ni sekin asta sotishni boshlaydilar. Hamster Kombat dasturchilari qoʻshimcha talab va kurs oʻsishini ragʻbatlantirish uchun ushbu valyutada katta foizlar bilan turli omonatlar ochishlari yoki shunga oʻxshash narsalarni ishga tushirishlari mumkin, shunda token egalarida ularni sotish istagi boʻlmaydi, balki ularga foiz qoʻyish istagi paydo boʻladi, va tokenlarga ega boʻlmaganlar Hamster Kombat tokenlarini sotib olib, foizlar uchun qoʻyib pul ishlashni xohlashadi. Bularning barchasi MEМga oʻxshaydi) Lekin bu ishlaydi.

Kriptovalyuta qiymatini qanday belgilash mumkin?

Kriptovalyuta qiymati uning cheklangan taklifi, blokcheyn kabi markazlashmagan va shaffof nazorati tizimi, shuningdek investor va foydalanuvchilar tomonidan talabga qarab belgilanadi.

Kriptovalyutani biror bir narsa, masalan, shisha qopqoqlarining cheklangan miqdori deb tasavvur qiling. Bir paytda koʻplab odamlar bu qopqoqlarni yigʻishni boshlaydilar va shu tariqa ularga qiymat beradilar, shu bilan birga qopqoqlarning haqiqiyligi boshqaruvchi tizim tomonidan nazorat qilinadi. Bu tizimni aldab ham soxtalashtirib ham boʻlmaydi.

Kriptovalyuta bilan ham shunday: unga qancha koʻp odamlar ishonib savdo qilishga tayyor boʻlsa, uning qiymati shuncha yuqori boʻladi.

Tokenlarning qiymati faqat kriptovalyuta auditoriyasi hajmi bilan belgilanadi. Masalan, agar $HMSTR 60 million oʻyinchiga ega boʻlsa, ular oʻzlari uchun bozorni shakllantiradilar. Bu 60 million foydalanuvchidan boshqa kimdir $HMSTR sotib olishni xohlasa, kriptovalyuta narxi yanada oshadi. Agar tokenlarga hech kim qiziqmasa, narx oʻsmaydi. Bunday holda, faqat $HMSTR ni boshlangʻich narxda sotishga muvaffaq boʻlgan foydalanuvchilar yutadi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08