Google Bard chatboti 40 ta tilda ishlash va rasmlarni oʻqishni oʻrgandi
Texnologiya
14 iyul, 13:16
Google Bard chatboti ishga tushirilgandan beri eng muhim yangilanishni eʼlon qildi. Endi u 40 ta tilda, jumladan rus, ispan, arab, xitoy va hind tillarida muloqot qila oladi. Oʻzbek tili hozircha yoʻq.

Chatbot shuningdek, “dunyoning aksariyat mamlakatlarida”, shu jumladan Braziliya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida ham ishlashni boshladi. Bungacha Google kompaniyasi xodimlari Yevropa Ittifoqi vakillari bilan bir necha bor uchrashib, ularni chatbotdan foydalanishda shaffoflik, tanlash va nazorat bilan bogʻliq muammolar yoʻqligiga ishontirgandi.
Yangilanishning bir qismi sifatida biz qidiruv panelida fotosuratlardan foydalanish imkoniyatini ham qoʻshilgan. Agar foydalanuvchi rasm haqida koʻproq maʼlumot olishni yoki uning tavsifini yozishni xohlasa, uni chatga yuklashi mumkin. Bard Google Lens xizmati yordamida rasmni taniydi va u haqida maʼlumot topadi.
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon

Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya

Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar

OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar