EPAM kompaniyasi DevOps bo‘yicha bepul treninglar uchun arizalar qabul qilmoqda

Treningda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish kerak. Arizalarni O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Belarus fuqarolari topshirishi mumkin.

“EPAM Training Center” “DevOps Essentials” bepul trening dasturiga arizalar qabul qilmoqda.

Kurs Git va tarmoq tushunchalari bo‘yicha nazariy va amaliy bilim olishga, Bash va Python tillarining asosiy sintaksisini tushunishga hamda Linux va Windows OS’ning asosiy xususiyatlarini o‘rgatishga qaratilgan.

Agar ishtirokchilar bu dasturni muvaffaqiyatli yakunlab, nazariy test va amaliy topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajarsa, ikkinchi bosqich — “DevOps Fundamentals” treningiga ham qo‘shilish imkoniga ega bo‘ladi.

Nomzodlar quyidagi talablarga javib berishi kerak:

  • Ingliz tili darajasi A2+ (Pre-intermediate) va undan yuqori bo‘lishi;
  • IT tushunchalari va dasturiy ta’minot ko‘nikmalari bo‘yicha asosiy bilimlarga ega bo‘lishi;
  • Nostandart muammolarni hal qilishda analitik fikrlash va ijodkorlik;
  • DevOps’da ishlash va rivojlanish istagi.

Qabul qilingan nomzodlar DevOps’ning quyidagi bepul darslarini o‘rganishlari mumkin bo‘ladi:

Kursda ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak. Kursning aniq boshlanish va tugash sanalari yo‘q. Ro‘yxatdan o‘tgach, o‘quv materiallariga kirish imkoniga ega bo‘lish mumkin.

Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng ingliz tili bo‘yicha test topshiriladi. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Giglink.uz shuningdek, ayni kunlarda (4-7 may) sovrin jamg‘armasi — 332 mln so‘m: Uzbekistan Esports yakuniy turniri bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar bergan edi. 

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08