Dunyodagi eng katta 360 LED displeyning ichki sahnasi taqdim etildi
Texnologiya
01 oktabr, 15:01
Las-Vegasdagi 2,3 milliard dollarlik maydonning ochilishi bo‘lib o‘tdi.Las-Vegasdagi ushbu MSG Sphere majmuasi dunyodagi eng katta LED displeyga ega va u o‘z ichiga 20 000 ga yaqin odamni sig‘dira oladi

29-sentabr kuni U2 jamoasi MSG Sphere ko‘rgazmasida o‘zining ilk chiqishini o‘tkazdi va ushbu katta displayning ichki dizaynini namoyish etdi. 35 qavatli binoning poldan shiftgacha bo‘lgan ekranlarida turli san'at asarlari namoyish qilindi

Ichkarida 16K LED 360 gradusli ekrani bilan jihozlangan bo‘lib, u kontsertlar, filmlar yoki boshqa ko‘ngilochar tadbirlarni o‘tkazish uchun ishlatilishi mumkin.Bu dunyodagi eng katta sharsimon keng qamrovli joy .


Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon

Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya

Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar

OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar