Dunyodagi eng birinchi bepul televizor — Telly TVdan sotuvchilarga qanday manfaat bor?

Ilya Pozin (Pluto TV kabel xizmati orqali tanilgan) Amerikaning Telly startapi brendi ostida bepul 4K televizorlarini taqdim qildi.

Qurilma ikkita displeydan iborat. Asosiysi — 4K va HDR'ni qoʻllab-quvvatlaydigan 55 dyuymli panel. Televizor TellyOS tizimida ishlaydi, u hozircha hech qanday strim kanallarga ulanmagan. Android TVʼga ulanish uchun adapter oʻrnatilgan.

Tekinligi yaxshikuya, lekin bundan ishlab chiqaruvchilarga nima foyda?

Gap shundaki, siz bepul texnika oʻrniga reklamalarga ketadigan minglab daqiqalaringizni “almashasiz”. Ha, shunga nima qilibdi, mahalliy telekanallardan farqi yoʻq ekanku, deyishingiz mumkin, albatta. Lekin, bunday oʻylashga erta: televizor katta ehtimol bilan Oʻzbekiston bozorigacha yetib kelmaydi. Tabiiyki, reklama koʻrsatish hisobiga “sotiladigan” TV maʼlum bozor, yaʼni mintaqa uchun moʻljallangan.

Texnika tinimsiz reklamalarni koʻrsatadigan ikkinchi tekis 63 dyuymli displeyi tufayli bepul beriladi. Shuningdek, u yerda ob-havo xabarlari, yangiliklar va boshqalar kabi vidjetlarni joylashtirish mumkin.

Eʼlon pastki displeyning oʻng tomonida rolik shaklida yoki chap tomonida yangiliklar burchagi sifatida paydo boʻlishi mumkin.

Agar asosiy displeyda hech narsa tomosha qilinmasa, u reklamalarni koʻrsatish uchun ham ishlatiladi:

Ekranlar orasida saundbar mavjud. Shuningdek, video qoʻngʻiroqlar, fitnes va oʻyinlar uchun kamera ham bor. Boshlanishiga kamera bilan ishlaydigan 40 ga yaqin kichik oʻyinlar boʻladi.

Birinchi 500 000 ta bepul televizor shu yozda AQShda sotuvga chiqariladi (The Verge).

Avvalroq Haier — obuna asosida ishlaydigan, kir yuvish vositalari “tekin” qo‘shib beriladigan kir yuvish mashinasini sotuvga chiqarilgani haqida ma’lum qilingandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08