Dubay 2070-yilda: androidlar, uchar superkarlarga aylanuvchi robot itlar va behisob dronlar

Berlinlik grafik dizayner Yanush Ronki Dubay 47 yildan keyin, yaʼni 2070-yilda qanday koʻrinishda boʻlishini koʻrsatib berdi.

Videoda biz 2070-yilda haqiqatga aylanishiga ishonadigan narsalar, jumladan, hozirda mavjud boʻlgan baʼzi texnologiyalar mavjud.

Birinchi navbatda koʻzga tashlanadigani — bu uchar mashinalar.

Uchar taksilar, dron yetkazib beruvchilar va shunga oʻxshash uchar texnologiyalar Dubayda paydo boʻlishi haqidagi taxminlar uzoq vaqtdan beri bor, biroq hozircha hech qaysi amalga oshmagan. Shunday boʻlsada, bu borada koʻplab ishlar qilinmoqda va natijasi kelgusi 5-6 yilda amalga tatbiq etilishiga asos bor.

Videodagi baʼzi robotlar esa allaqachon mavjud, masalan, video oxirida McLaren superkariga aylanadigan Boston Dynamics robot-iti haqida oldin ham maʼlumot bergan edik.

Sinchiklab qaraganda “Yulduzli urushlar” franshizasidagi R2-D2 ga oʻxshash robotni va odam kabi ikki oyoqda turgan boshqa robotni ham koʻrish mumkin.

Video internetda tarqalgach turli izohlar bildirildi:

“1986-yilda odamlar 2023-yil haqida xuddi shunday fikrda edilar, lekin biz hozir qanday yashayotganimizga qarang”, dedi foydalanuvchilardan biri.

“Oddiy insonlar uchar mashinalargacha yetib bora olmaydi, oʻlim va vayronagarchilik shunchaki aqldan ozar darajada boʻladi”, deb yozgan boshqasi.

Boshqa foydalanuvchilar esa videoni haqiqat deb oʻylashgan.

Aslida esa, kelgusi 47 yil ichida nima boʻlishini hech kim bilmaydi, lekin sunʼiy intellekt va robotlar asosiy rol oʻynashi anchayin haqiqatga yaqin.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08