Brauzeringizni yangilang va u odatdagidan 10% tezroq ishlaydi

Chromium yadrosining yangi versiyasi tufayli brauzerlar 10% tezroq ishlaydi. Endi brauzerdagi sahifalar tezroq ochiladi, kirish tarixi kutilmaganda oʻchib ketmaydi, saytlarga tezroq kiriladi.

Google Chrome va boshqa mashhur brauzerlar muhim yangilanishga ega boʻldi. Maʼlum boʻlishicha, Google nihoyat Chromium yadro kodini optimallashtirishni uddasidan chiqqan. Mazkur yangilikning foydali tarafi yanada ham tushunarliroq boʻlishi uchun, Google Chrome, Microsoft Edge, Opera, Atom va Yandex brauzerlari aynan shu yadroda ishlashini aytib oʻtish kifoya.

Yangilik nafaqat shaxsiy kompyuter brauzerlari, balki mobil versiyalariga ham aloqadorligi aytilmoqda. Shunga koʻra, Google Chromeʼning soʻnggi versiyalari va Chromiumʼga ega boshqa ilovalar smartfonlarda yaxshiroq ishlaydi.

Ammo kompyuterdagi 10% bu telefonlardagi ilovalarda 30%ga tengligini ham hisobga olish kerak.

Buning dalili sifatida Google Apple Speedometer 2.1 testi natijalarini koʻrsatdi. Uning natijalariga koʻra, Chromiumʼning eski versiyasiga ega brauzerlar testda 340 ball, yangisi esa 390 ball toʻplagan.

Google Chrome va boshqa brauzerlarning tezligini oshirish uchun dasturni soʻnggi versiyasiga yangilang. Kompaniyaning taʼkidlashicha, tezlikning 10% ga oʻsishi balki kichik raqam boʻlib koʻrinishi mumkin, biroq yangilangan brauzerlardan foydalanganda buni darhol sezish mumkin.

Ammo shuni ham eslatib oʻtamizki, saytlarning ochilish tezligi serverlarga, joylashuvga, shaxsiy kompyuter va Wi-Fi ulanish sifatiga ham bogʻliq. Yuqoridagi yangilik Mozilla Firefox va Safari brauzerlariga taalluqli emas, chunki ular boshqa yadroga asoslangan.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08