Birinchi marta sayyorani yutib yuborayotgan yulduz hodisasiga guvoh bo‘lindi

Astrofiziklar ilk bor sayyorani “yamlayotgan” yulduz hodisasiga guvoh boʻldi. 12 000 yorugʻlik yili uzoqligidagi Quyoshi tomonidan yutib yuborilgan sayyoradan koinot boʻylab tarqalgan chang qolgan xolos.

Tadqiqotchilarning Nature jurnaliga xabar berishicha, bir juft teleskop tomonidan olingan qisqa yorugʻlik tutashuvi Yupiterdan 10 baravar katta boʻlgan sayyora oʻz Quyoshi tomonidan yutib yuborilgani sabab yuzaga kelgan. Bu hodisa koʻplab sayyoralarning, shu jumladan, kun kelib Yerning ham “boshiga tushadigan” qismat hisoblanadi.

Kashfiyot astronom De qoʻshaloq yulduzlarni qidirayotgan paytda sodir boʻldi. U Kaliforniyadagi Palomar observatoriyasi maʼlumotlaridan foydalanib, osmonda yorqinligi tez ortib borayotgan dogʻlarni qidirgan. Bunday yorugʻlik tutashuvlari yulduzlarning bir-biriga yetarlicha yaqinlashayotgani, biri ikkinchisidan materiyani soʻrib olayotganidan dalolat berishi mumkin (SN: 2/6/14).

“Yulduzlar odatda oʻz orbitasida juda yaqin joylashgan sayyorani yutib yuborishi mumkin — buni yulduzli tushlik, deb tasavvur qiling, izoh bergan yana bir Naoz ismli astronom. Boshqa tomondan, oʻlayotgan paytida yulduz shishib, qizil gigantga aylanadi va sayyorani yutib yuboradi” (SN: 4/7/20).

Hozirgacha astronomlar yulduzlarning sayyoralar “ozuqasiga” aylanayotganining guvohi bo‘lolmagan, faqatgina belgilarini koʻrishgan xolos.

Orbitasida Yer joylashgan Quyoshimiz ham kun kelib qizil gigantga aylanadi va taxminan 5 milliard yildan soʻng sayyoramizni yutib yuboradi.

“Yer Yupiterdan ancha kichik boʻlgani uchun,“ deydi De, “taʼsirlar, albatta, zaifroq boʻladi ... shuning uchun yerning yoʻq boʻlib ketishini anglash qiyin boʻladi, lekin biz ularni aniqlash boʻyicha gʻoyalar ustida faol ishlamoqdamiz.“

Avvalroq Giglink.uz Xitoy oy tuprogʻidan 3D gʻisht bosib chiqarmoqchiligi haqida xabar bergandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08