ASUS 14 dyuymli ExpertBook B9 OLED va B5 seriyali ofis noutbuklari taqdim etdi

Mazkur yangi noutbuklarning xususiyatlari va narxlari haqida ma’lumotlar bilan tanishamiz.

Yangi Expertbook B9 OLED dunyodagi yengil biznes noutbuki sifatida eʼtirof etilgan boʻlib, ishlash samaradorligi ham oshirilgan. Shuningdek, Intel VProʻni qoʻllab-quvvatlaydigan Intel P seriyali protsessorlari bilan jihozlangan. 

ExpertBook B5 flip va buklamali koʻrinishlarida chiqariladi. ExpertBook B5 va B9 OLED esa ofis ishlari uchun maxsus koʻplab funksiyalarga ega. 14 dyuymli FHD anti-nurlanuvchi ekran bilan jihozlangan.

B5ʼning flip versiyasida sensorli ekran oʻrnatilgan. ExpertBook B5 xotira konfiguratsiyasi 16 GB/1 TB. B5 Intel Core i7-1360p protsessori bilan ishlaydi va HD IR veb-kamera bilan birga keladi. Veb-kamerada oʻchirish moslamasi mavjud va Windows Hello Face tizimida ishlaydi.

ExpertBook B5ʼda WiFi 6e va Bluetooth 5 bor. B5 modellarida USB PD 3.0, Thunderbolt 4, RJ46 Ethernet, HDMI 2.1 va 4K kabi bir nechta portlar mavjud. ASUS ExpertBook B9 OLED 32 GB/2 TB gacha xotira konfiguratsiyasiga ega Intel Core i7-1355U protsessori bilan jihozlangan. Uning 14 dyuymli OLED ekrani 100% SRGB va DCI-P3 rangli gamut bilan 3K tasvirlarni koʻrsatadi.

Shuningdek, 90 Gts yangilanish tezligiga va FHD veb-kameraga ega. Ogʻirligi atigi 2,18 funt boʻlgan ExpertBook B9 OLED anchagina yengil. ExpertBook seriyasining yangi noutbuklari 63 Vt lityum polimer batareyasi bilan jihozlangan.

Modellarda barmoq izi skaneri, suvga chidamli klaviatura, sunʼiy intellekt orqali shovqinni kamaytirish va ovozli yordamchini qoʻllab-quvvatlaydigan kombinatsiyalangan quvvat tugmasi mavjud. Yangilangan ExpertBook noutbuklari Intel Smart Sound, Dolby Atmos va Asus Business Manager dasturlari bilan jihozlangan.

Narxiga kelsak, ExpertBook B5 va B5 Flip 1699 dollardan, B9 OLED esa 2149,99 dollardan boshlanadi. Modellarni toʻgʻridan-toʻgʻri ASUS doʻkonidan, shuningdek, ASUS kompaniyasining rasmiy dilerlaridan xarid qilish mumkin.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08