AR koʻzoynak bilan ishlaydigan monitorsiz birinchi noutbuk taqdim etildi

Isroilning Sightful startapi dunyodagi birinchi ekransiz Spacetop noutbukini taqdim etdi — uni AR koʻzoynaklari yordamida ishlatish mumkin.

Spacetop qurilmasi Android tizimida ishlaydi. Foydalanuvchi maxsus koʻzoynak taqqanida, kengaytirilgan reallikda 100 dyuymgacha boʻlgan ekranni koʻrinadi. AR garniturasining oʻlchamlari har bir koʻz uchun 1080p. Barcha kontent faqat AR’da koʻrsatilishini hisobga olsak, tashqaridan noutbuk egasi nima qilayotganini koʻrib bo‘lmaydi.

Gadjet Qualcomm Snapdragon 865 protsessori, Adreno 650 grafik kartasi, 8 Gb tezkor va 256 Gb ichki xotiraga ega. Noutbuk bir martalik batareya quvvati 5 soatlik ish uchun yetarli. Qurilmaning ogʻirligi 1,5 kg ni tashkil qiladi.

Spacetop Wi-Fi 6, 5G va Bluetooth 5.1 texnologiyalarini qoʻllab-quvvatlaydi. Biroq, “kelajak noutbuki” sezilarli kamchilikka ega — hozircha u faqat veb-ilovalar bilan ishlashi mumkin.

Spacetop allaqachon sotuvga tayyor, ammo mijozlarga mahsulotni avval sinab koʻrish taklif etiladi.

Qurilma narxi — 2 000$. 

Noutbuk sensorli panelli anʼanaviy klaviatura bilan jihozlangan. Ikkita USB Type-C (3.0) portlari mavjud boʻlib, ular tashqi qurilmalar uchun yoki boshqa displeyni ulash uchun ishlatilishi mumkin. Spacetop shuningdek, yordamchi maʼlumotni aks ettiruvchi kichik ekranga ega.

Mavzuga doir qiziqarli xabarlar:

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08