AQShda begonalar qoʻlida otmaydigan aqlli toʻpponcha ixtiro qilindi
Texnologiya
15 aprel, 21:17
Biofire Smart toʻpponchasi doimo bloklangan holatda boʻladi va begonalar foydalanishidan himoyalangan boʻladi.

Biofire Smart barmoq izi (otpechatka) va 3D face ID skaneriga ega — agar qurilma egasi identifikatsiya qilishning ikkala usulini ham tasdiqlamasa, qurol mutlaqo ishlamaydi, bu qurolning bolalar yoki jinoyatchilar qoʻliga tushib qolishidan asraydi.

Qiziq tarafi, toʻpponcha harbiy boʻlmagan kishilar uchun moʻljallangan boʻlib, alohida holatlarda fuqarolar oʻzlarini himoya qilishi uchun taqdim etiladi.
Maʼlum boʻlishicha, oʻsmirlik davrida ommaviy otishmalar guvohi boʻlgan Kay Kloepfer xavfsizroq qurol yasashga qaror qilgan. Narxi — 1499 dollar.

Xiaomi Mi Band 8 fitnes brasleti qoyilmaqom zarba berishni oʻrgatishi haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon

Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya

Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar

OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar