Apple Vision Pro 2'ni toʻxtatib, iPhone'ning top narxidagi arzonroq Vision Pro'ga e'tibor qaratmoqda

Narxi taxminan 1600 dollargacha boʻlishi mumkin

The Information nashrining xabar berishicha, Apple ikkinchi avlod Vision Pro garniturasini ishlab chiqarishni vaqtincha toʻxtatib, yanada arzonroq model ustida ishlashga qaror qilgan. Dastlab, kompaniya birinchi avlodning tarkibiy qismlarini arzonlashtirish va kelgusi model uchun yangilangan displey ishlab chiqarishga e'tibor qaratgan. Endi esa, kamida bitta yetkazib beruvchi bilan ikkinchi avlod garniturasini toʻxtatganini va kamroq funksiyali, arzonroq Vision mahsuloti ustida ish olib borayotganini ma'lum qilgan.

Ma'lumotlarga koʻra, Apple 2022 yilida "N109" kod nomi ostida arzonroq qurilma ustida ishlashni boshlagan. Maqsad – ushbu modelni yuqori darajadagi iPhone'lar bilan bir xil narxda, taxminan 1600 dollar atrofida sotish. Qurilma ustida ishlar boshlanganida, Apple uni 2024 yil oxirida chiqarishni rejalashtirgan, lekin bu yil boshida hali ishlaydigan prototipi yoʻq. Kompaniya funktiyalardan voz kechmasdan narxini pasaytirish usullarini izlashda qiynalmoqda, bu esa chiqarilish muddatini 2025 yil oxiriga qoldirishi mumkin.

Apple arzonroq modelda Vision Pro'ning yuqori sifatli displey komponentlarini saqlab qolmoqchi, bu komponentlar qurilmaning eng qimmat qismlaridan biridir.

Apple, shuningdek, oʻzining arzonroq garniturasini Vision Pro'dan kamida uchdan bir qismga yengilroq qilishni xohlamoqda.

Ehtimol, Apple kelajakda Vision Pro ikkinchi avlod garniturasining ishlab chiqarishini qayta boshlaydi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08