Apple va Google trekerlar orqali kuzatuvdan himoya qiluvchi standartni ishlab chiqish yo‘lida birlashdi

Ma’lum bo‘lishicha, Bluetooth bilan ishlaydigan qurilmalar foydalanuvchilarning jinoyatchilar va shunga o‘xshash 3-tomonlar kuzatishiga ham sabab bo‘lmoqda ekan. So‘nggi paytlarda bu borada shikoyatlarga ko‘payib ketgan. Shu sababli ikki yirik kompaniya yagona xavfsizlik standarti ishlab chiqishga qaror qildi. Funksiya iOS va Android operatsion tizimlari yadrosiga o‘rnatiladi.

AirTag va shunga oʻxshash trekerlar kalit, mashina, telefon kabi turli qurilmalarni topishga yordam beradi. Gadjet bir necha bor jinoyatchilarni izlashga yordam bergan va hatto huquq-tartibot idoralari tomonidan eʼtirof etilgan. Biroq, uning eng katta muammosi — bu ruxsatsiz kuzatuvdir.

Apple tashqi kuzatuvga qarshi xususiyatni 2022-yil fevral oyida iOS yangilanishiga qoʻshgan. Bunda begona shaxs AirTag yaqiniga kelganida, foydalanuvchilar bu haqda bildirishnoma oladilar va shuningdek, treker qayerda joylashganligini koʻrishlari mumkin. Kompaniya, shuningdek, xuddi shunday xususiyatga ega Android foydalanuvchilari uchun maxsus dasturni ham chiqardi.

Biroq, birgina dasturning oʻzi yechim boʻla olmaydi. Ikki sanoat giganti soʻnggi yillarda paydo boʻlgan muammoning jiddiyligini tushunishadi. Shu sababli, kompaniyalar joylashuvni kuzatish uchun Bluetooth qurilmalaridan notoʻgʻri foydalanishga qarshi kurashishga yordam beradigan texnologiya ishlab chiqilishini eʼlon qildi.

Hozircha faqat iPhone foydalanuvchiga begona kishilarning AirTag yaqinida ekanligi haqida xabar berishi mumkin (Androidda buning uchun Appleʼning maxsus dasturini oʻrnatish kerak). 

Texnologiya smartfonning operatsion tizimiga oʻrnatiladi va buning uchun alohida ilovalarni oʻrnatmasdan foydalanuvchilarni begonalar tomonidan kuzatilayotgani haqida avtomatik xabardor qilishi mumkin boʻladi.

Mazkur tashabbusni nafaqat Android, balki Samsung, Tile, Chipolo, eufy Security va Pebblebee kabi boshqa treker ishlab chiqaruvchilari ham qoʻllab-quvvatlamoqda.

Apple va Google 2023-yil oxirigacha ishlab chiqishni yakunlashni rejalashtirmoqda va shundan soʻng ular iOS va Androidning kelgusi versiyalarida joriy etishadi.

Avvalroq Google kompaniyasi qanday qilib Apple xodimlarini o‘z tashkilotiga og‘dirib olishga harakat qilib kelishi haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08