Apple-ning OpenAI bilan hamkorligi Ilon Maskni gʻazablantirdi

Ilon Mask: endi Tesla, SpaceX va X kompaniyalariga keluvchilar oʻz iPhone-larini kirishda qoldirib ketishlari kerak boʻladi.

Bu qaror Ilon Maskning Apple Intelligence sun'iy intellekt funksiyalariga nisbatan keskin munosabatidan kelib chiqqan.

Milyarder Ilon Mask oʻzining ijtimoiy tarmogʻi X sahifasida yana bir necha xabar qoldirdi va ularda iPhone va boshqa Apple qurilmalari uning kompaniyalarida yaqin orada taqiqlanishi mumkinligini tasdiqladi.

Mask shunday dedi:

Apple oʻzining sun'iy intellektini yaratishda yetarlicha aqlli emas, lekin OpenAI sizning xavfsizlik va maxfiyligingizni ta'minlay oladi deb oʻylaydi, bu aniq kulgulidir! Bir marta ma'lumotlaringizni OpenAI'ga topshirsangiz, Apple nima boʻlayotganini bilmaydi. Ular sizni sotishyapti.

Keyinchalik u qoʻshimcha qildi:

Tashrif buyuruvchilar oʻz Apple qurilmalarini kirishda qoldirishlari kerak boʻladi, ular Faradey qafasida saqlanadi

Apple Intelligence sun'iy intellekt funksiyalari chuqur integratsiya qilingan holda dastlab AQShda paydo boʻladi va faqat ingliz tilida mavjud boʻladi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08