Acer 150 Gts chastotali HDR 4K o‘yin monitorini taqdim etdi
Texnologiya
18 sentabr, 16:30
Ushbu monitor AQShda sotuvga chiqdi va narxi 450 dollar atrofida.
Acer o‘yin monitorlari oilasiga yana bir monitor olib keldi XV282K V3. Nomidan ko‘rinib turibdiki, 28 dyuymli.
Monitordagi asosiy yangilik bu - ekran yuqori piksellar soniga va munosib yangilanish tezligiga ega. Bundan tashqari, u foydalanuvchilarning o‘yin tajribasini yaxshilashga qaratilgan texnologiyalarni qo‘llab-quvvatladi.
U tezkor 1 ms GTG javob vaqtiga ega bo‘lib, tezkor o‘yinlar uchun harakatning xiralashishini kamaytiradi.

Monitorda
- 3840x2160 pikselli 28 dyuymli IPS paneli
- 150 Gts yangilanish tezligi va 10 bit (8 bit + FRC) rang chuqurligi mavjud
- ekran kontrasti 1500: 1
- javob tezligi 1 MS (GtG)
- yorqinligi 400 nitsgacha (VESA displayhdr 400 sertifikati
- rang qamrovi 90% DCI — P3.

Monitor bilan birgalikda 2 vattli dinamikalar keladi.
Monitor interfeyslari to‘plamiga DisplayPort 1.4, HDMI 2.1 va 3,5 mm audio port ulagichlari kiradi.
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon

Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya

Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar

OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar