70 km masofa va 25 km/s tezlikka ega Xiaomiʼdan yangi Electric Scooter 4 Ultra
Texnologiya
27 fevral, 14:02
Yangi model biz faqat smartfonlarga nisbatan ishlatib o‘rgangan Ultra tushunchasini kengaytirib yuborishi aniq — Yevropada taqdim etilgan yangi skuter shu paytgacha ishlab chiqarilganlarning eng tezkori boʻlmoqda.

Bir martalik quvvat bilan 70 km masofani bosib oʻtuvchi elektr skuterni 26-fevral kuni Mobile World Congress (MWC) koʻrgazmasida Xiaomi kompaniyasi taqdim etdi.
Yangi model Xiaomi Electric Scooter 4 Ultra deb nomlanadi va uning xususiyatlari koʻp jihatdan oldingi Xiaomi Electric Scooter 4 Pro’dan oʻzib ketadi.

Xiaomi Electric Scooter 4 Ultra texnik xususiyatlari:
- alyuminiy qotishmadan tayyorlangan rama;
- nominal quvvati — 500 vatt, maksimal — 940 vatt;
- quvvat olish vaqti — 6,5 soat;
- maksimal tezlik — 25 km/soat;

- koʻtarilish uchun yoʻlning maksimal qiyalik burchagi — 25 daraja;
- masofa davomiyligi — 70 km (≈ 75 kg yuk bilan hisoblanganda);
- toʻrtta boshqaruv rejimi: piyoda, standart, sport va sport plyus;
- IP55 standarti boʻyicha chang va namlikdan himoyaga ega;
- ikkita tormoz kolodka, oʻn dyuymli Xiaomi DuraGel gʻildiraklari (oldingisi baraban, orqa tarafdagisi elektr);
- Bluetooth va Xiaomi/Mi Home ilovalarini qoʻllab-quvvatlaydi;

- maksimal yuk ortish — 120 kilogramm;
- Buklangan holatdagi oʻlchamlari: 1200 × 550 × 535 mm;
- Ochilmagan holatdagi oʻlchamlari: 1200 × 550 × 1260 mm;
- Ogʻirligi — 25 kilogramm.
Mavzuga doir ⏩️ Xiaomi HIMO C26 elektrovelosipedi xususiyatlari va O‘zbekiston bozorlaridagi narxi ma’lum bo‘ldi.
Ajoyib ultra uslubdagi yangi Xiaomi Electric Scooter 4 Ultra mazkur yilning aprel oyida sotuvga chiqariladi. Narxi taxminan 1 000 dollardan boshlanadi.

Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon

Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya

Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar

OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar