4 oyda 185$ dan 150 000 dollarga oshgan sunʼiy intellekt biznesi

“U haqiqatan ham pul chop etadi”, — deydi loyiha haqida Sal Aiello va Monika Pauers.

Doʻstlar toʻrt kun ichida oʻzlarining daromadli shov-shuvlarini yaratdilar, eng qizigʻi esa, loyiha uchun kiritilgan mablagʻ 200 dollardan ham kam edi.

Ular birinchi navbatda bozor tadqiqoti uchun boshlangʻich nuqta sifatida generativ AI chatbotidan foydalanib, oʻz gʻoyalarini ChatGPT-dan tashqarida ishlab chiqishgan. Keyin ular kerakli yechimlar uchun ChatGPTga qanday qilib toʻgʻri savollar berishni bilish kerakligini anglab yetishdi.

Aiello uzoq vaqtdan beri texnologik startaplarning texnik direktori, Pauers esa hozirda Mascot nomli strategik dizayn va brending kompaniyasini boshqaradigan loyiha dizayneri hisoblanadi. Mart oyida ular sunʼiy intellekt yordamida ishlaydigan tadqiqot vositasini yaratishga qaror qilishdi: unda maʼlum bir biznes uchun kerakli soʻrov asosida anketa toʻldiriladi va vosita javoblarni ChatGPTʼga imkon qadar muammosiz kiritadi.

Bir necha kundan soʻng, ular oʻzlarining biznes gʻoyalarini sinab koʻrish uchun “koʻngilli tadbirkorlar” uchun DimeADozenni ishga tushirdilar. Bunda batafsil qidiruv natijasi uchun 39 dollar toʻlanadi va odatda anʼanaviy tahlil agentliklari yoki qidiruv tizimlariga kerak boʻladigan vaqtning allaqanday bir qismi ichida maʼlumotlarni toʻplaydi.

Loyiha taxminan yetti oy ichida DimeADozen, Aiello va Powers oʻrtasida teng ravishda boʻlinib, hisoblashlarga koʻra, 66 000 dollardan koʻproq daromad keltirdi. Veb-domen uchun 150$ va xosting va maʼlumotlar bazasi uchun ketgan 35$ ni hisobga olmasa, koʻrinib turibdiki, loyiha mutlaqo foydaga chiqqan.

Bir oy oldin esa, sunʼiy intellekt asosida aniq soʻrovlar chiqarib beradigan loyihasini 150 000 dollarga sotish boʻyicha kelishuvga erishdilar.

Aillo va Pauers esa sotib olgan investor bilan maslahatchi sifatida hamkorlikni davom ettiradi.
Aillo va Pauers esa sotib olgan investor bilan maslahatchi sifatida hamkorlikni davom ettiradi.

DimeADozen — Aielloning aytishicha, biznes gʻoyalarni sinab koʻrish uchun maxsus qurilgan birinchi sunʼiy intellekt tadqiqot vositasidir. U olingan maʼlumotlarni yuzlab oldindan yozilgan ChatGPT soʻrovlariga jamlaydi va javoblarni potensial investorlar, mijozlar va gipotetik kompaniyaning raqobatchilari toʻgʻrisidagi 50 sahifalik hisobotlarda tartibga soladi.

Googleʼda ham xuddi shunday qilishingiz mumkin. Bu ancha uzoq davom etadi va natijalar kamroq ishonchli boʻladi, deydi Eillo.

“Googleʼda 1000 ta qidiruvni amalga oshirib, odatda deyarli bir xil va qoʻshimcha tekshiruv talab qiladigan natijaga erishadiz”, deydi u. Loyiha esa bu jarayonni tezlashtiradi va ishonchli maʼlumotlarni taqdim etadi.

Pauers va Aiello, shuningdek, sunʼiy intellekt gallyutsinatsiyalari xavfini minimallashtirish uchun oʻzlarining operatsion muhandislik koʻnikmalaridan foydalanganlar, yaʼni bu aniqroq natijalarga erishish uchun chatbotlarga maqsadli savollar berish usulidir.

Ayni paytda ikki doʻst mazkur loyihani keng foydalanish uchun joriy qilishni rejalashtirmoqda.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08