Xiaomi yangi elektrovelosipedining xususiyatlari va O‘zbekistondagi narxi
Tahlil
22 fevral, 19:17
Xiaomi HIMO C26 elektrovelosipedi bugungi kunda narx va sifati jihatidan velosipedlarning eng yaxshisi, desak adashmaymiz.

Agar siz ochiq toza havo va sportni yaxshi ko‘rsangiz, ish yoki boshqa sabablar bilan uzoq yo‘lda ko‘p yursangiz, demak, ushbu model aynan siz uchun. Xiaomi Himo S26 – elektrovelosipedlari yaxshi kayfiyat va salomatlik uchun ajoyib sarmoya, uzoq yillar hamda yo‘llar davomida sinovdan o‘tgan va shunchaki, 8-9 ming km dan oshiq masofani osongina bosib o‘tadi.
Mamlakatimizda va dunyoda yonilg‘i inqirozini hisobga olsak, mazkur model bahor-yoz mavsumi uchun ayni muddao.

HIMO C26 tavsifi:
- HIMO C26 elektrovelosipedi oʻzidan oldin ishlab chiqarilgan HIMO C20ʼdan balandroq, kattaroq va ogʻirroq.
Ajablanarli joyi ham yoʻq aslida, chunki yangi velosiped nafaqat shahar boʻylab, balki yoʻldan tashqarida, masalan, togʻlarda ham harakatlanish uchun moʻljallangan.
- Yangi elektr velosipedning oʻlchamlari 174 × 66 × 105 sm, ogʻirligi esa 25 kg.Korpusi metalldan qilingan.
- HIMO C26 yigʻilmaydi, shuning uchun uni saqlash yoki oʻzingiz bilan olib ketishingiz uchun sizga koʻproq joy kerak boʻladi.
- Old gʻildirak ustida 45 LUX quvvatga ega katta oq fonar joylashgan. Oʻrindiqning orqasida yana bir qizil chiroq bor.
- HIMO C26 ruli chap tutqichida joylashgan kichik displeyga ega. U tezlik, masofa, batareya darajasi va haydash rejimini koʻrsatadigan kichik monoxrom ekran hisoblanadi.
- Elektrovelosiped soatiga 25 kmgacha tezlashadi. Maksimal 100 kg vazn uchun moʻljallangan.
- Oʻrindiq elastik, havo oʻtkazadigan, suvga chidamliligi va eng muhimi, juda ham qulay.
- Toʻliq zaryadlash vaqti 5-6 soat.
- Quvvat zaxirasi: pedal rejimi: 80-100 km, moped rejimi: 60-65 km.
Narxi: 11 900 000 soʻm
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon

Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya

Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar

OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar