Oʻzbekistondagi ommabop va ishonchli marketpleyslar ma’lum qilindi

RCGA agentligi mutaxassislari mamlakatdagi onlayn bozorni o‘rganish maqsadida tadqiqot oʻtkazdi. Unda 18 yoshdan 54 yoshgacha boʻlgan 800 nafardan ortiq mamlakat aholisi ishtirok etdi. Natijada yurtimiz viloyatlari bo‘ylab ommabop onlayn platformalar ro‘yxati taqdim etilgan.

Oʻzbekistondagi onlayn va oflayn bozorlar holatini aniqlashga qaratilgan izlanish natijalariga koʻra, Uzum Market yetakchilik qilmoqda ekan (2022-yilda X Research ECOM agentligi tadqiqotiga koʻra, OLX va AliExpress eng ommabop boʻlgan). Maʼlum boʻlishicha, Uzum Market olti oy ichida mamlakatdagi eng taniqli savdo maydonchalaridan biriga aylandi.

2-oʻrinda OLX va 3-oʻrinda Telegram messenjeridagi internet-doʻkonlari boʻlmoqda. Keyingi oʻrinlarda Instagram, AliExpress, Mediapark, Zoodmall, Olcha.uz va Asaxiy keladi.

“Bozorlar oʻrnini ilovalar egallamoqda”: RGCA mamlakatning onlayn savdo bozori haqida.

Viloyatlar bo‘yicha

Hudud boʻyicha, Qoraqalpogʻiston, Samarqand, Buxoro va Qarshida OLX hali ham birinchi raqamli platforma boʻlib qolmoqda. Biroq Toshkent shahri va Fargʻona vodiysi aholisi onlayn marketpleyslardan birinchi boʻlib Uzumni tilga olishgan — bunga sabab qilib marketpleysning bu hududlarda yetkazib berish punktlarini ochgani, deb olish mumkin.

Uzumning bunday tez ommalashishiga mamlakat boʻylab OAV, TV, radio kabilarda olib borgan yirik reklama kampaniyasi (Ledokol media agentligi maʼlumotlariga koʻra, texnik yoritish 95 foizdan ortiq) yaxshigina hissa qoʻshdi.

Kim ko‘p sotib oladi?

Tabiiyki, xarid qilishda ayollar eng faol boʻlib, ular uchun assortimenti koʻp va tovarlarni olgandan keyin tekshirish hamda sinab koʻrish imkoniyati mavjudligi muhim. 

Erkaklar esa nafaqat sotib olishni, balki sotishni ham afzal koʻradilar, shu sababli ular koʻproq OLXʼni tanlaydilar.

Oʻzbekistonliklarni xarid qilish uchun platformani tanlashda:

  • birinchi oʻrinda doimiy mijozlar uchun sodiqlik dasturi;
  • ikkinchi oʻrinda, hamyonbop narx;
  • uchinchi oʻrinda esa, qulay yetkazib berishga ahamiyat beradi.

Albatta, xaridorlarni qamrab olishda turli reklamalarning katta oqimi muhim taʼsirga ega.

Maʼlumot uchun, Research Group Central Asia 2022-yil boshida isteʼmolchi tadqiqot bozorida toʻliq xizmat koʻrsatish agentligi sifatida tashkil etilgan.

Manba: Pr.uz

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08