Nega qogʻoz daftarlardan voz kecha olmaymiz? — qaydlar yuritishda smartfon ilovalarining ustunlik va zararli tomonlari

Aslini olganda, telefon yoki kompyuterlarda qayd yozish qogʻoz bloknotlarga qaraganda ancha yaxshi. Boz ustiga bunday ilovalar qayd yozib borish uchun juda qulay boʻlib, qaydlarni bir joyda saqlash, boshqalar koʻrmasligi uchun bloklash, eslatma sifatida joylash va hokazo funksiyalarga ega. Biroq, juda koʻp insonlar hali ham qogʻozni afzal koʻrishadi. Aslida esa har ikkisining zararli va foydali jihatlari bor.

Quyida qogʻoz yoki telefonda qayd yozib borishning yaxshi va yomon taraflarini koʻrib chiqamiz.

Telefon hayot tarzimizga aylangan bir paytda unga qoʻshimcha yana bir daftar olib yurish noqulay boʻlishi aniq. Koʻpchiligimiz eslatmalarni yozib borish uchun yaxshi ilova izlab Google Play yoki App Storeʼga kirganimizda ularning yarmi yoki reklamalarga yoʻla yoki pullik boʻladi. Tabiiyki, “raqamli olamdan” hafsalangiz pir boʻlgandan keyin daftar tutib qoʻya qolasiz.

Biz sizni tushunamiz.

Raqamli eslatmalarni teglash, papkalarga boʻlish, boshqalar bilan boʻlishish va hatto jamoa sifatida qulay tarzda tahrirlash mumkin. Bundan tashqari, ularni nusxalash, tezda vazifalar yoki uchrashuvlar haqida eslatib turishi uchun budilnik tarzida oʻrnatish, havolalar, fotosuratlar yoki chizmalarni qoʻshish mumkin. Bir soʻz bilan aytganda, telefondagi Note ilovalar “note” daftarlardan koʻra anchayin ustun.

Eslatma ilovalarining afzalliklaridan biri shundaki, ularning xotirasi cheksiz.

Hammasiga miyamiz aybdor

2014-yilda xalqaro psixologlar guruhi “Qalam klaviaturadan kuchli” nomli ilmiy maqolasini chop etdi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, odamlar qoʻlda yozilgan maʼlumotlarni yaxshiroq eslashadi. Oʻshandan beri bu fikrni qoʻllab-quvvatlaydigan bir qator boshqa tadqiqotlar nashr etildi.

Misol uchun, 2020-yilgi Norvegiya tadqiqotida shunday deyilgan: “Qoʻlda yozilganda barmoqlarning harakati miyani faollashtiradi”. Klaviatura yordamida matn terilayotganda, miya, aksincha, “oʻrganish” tolalari ishlamas ekan. Yaponiyada oʻtkazilgan yana bir tadqiqot 2022-yilda ham maʼlumotni eslab qolish va oʻzlashtirishda qoʻlda qalam yoki ruchkada yozish stilus yoki smartfon klaviaturasi bilan taqqoslaganda yaxshiroq degan xulosaga keldi.

Oddiy soʻzlar bilan aytganda, biz qoʻlda yozganimizni yaxshiroq eslab qolamiz. Eslatmalar bizga biror narsani eslatish uchun moʻljallangan. Agar siz qogʻozga biror narsa yozsangiz, u bizning xotiramizda yaxshiroq saqlanadi va siz eslatmalarga kamroq qarashimizga toʻgʻri keladi.

Layfhak

Agar siz raqamli qaydlarni afzal koʻrsangiz va ularga oʻtmoqchi boʻlsangiz, Deyv Governing (AQShlik dasturchi) quyidagi maslahatini tavsiya etamiz:

  • Avval qogʻozga eslatma yozing — bu shunchaki qogʻoz varagʻi emas, balki kundalik yoki daftar boʻlishi muhim;
  • Bir muncha vaqt oʻtgach, eslatmalar ilovasiga qogʻozdagi maʼlumotlarni koʻchiring — havolalar, fotosuratlar va qogʻozga qoʻshib boʻlmaydigan boshqa maʼlumotlarni ham qoʻshing;
  • Buni har bir eslatma bilan takrorlang va raqamli qaydlarga moslashguningizgacha qogʻoz yozuvlar miqdorini asta-sekin kamaytiring.

Amaliyot shuni koʻrsatadiki, keksa avlod qogʻozni, yosh avlod esa ilovalarni afzal koʻradi. Qayerda eslatma yozishni hali hal qilmagan boʻlsangiz, qogʻoz daftarlarning barcha ijobiy va salbiy tomonlarini koʻrib chiqing:

Afzalligi

  • Maʼlumotni yaxshiroq eslab qolishga yordam beradi
  • Yozuvlar tarixini qulay tarzda koʻrishingiz mumkin
  • Tasavvurni kuchaytiradi

Minus taraflari

  • Fotosuratlar, videolar, havolalar va boshqalar kabi turli kontent qoʻsha olmaysiz
  • Juda koʻp odam bilan baham koʻrishning iloji yoʻq
  • Olib yurishga qulay emas
  • Yangi daftarlar va ruchkalar sotib olish kerak
  • Husnixatni tanib olish bilan bogʻliq muammolar
  • Ishonchsizlik: daftar yoʻqolishi, oʻgʻirlanishi yoki yoʻq qilinishi mumkin.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08