Apple qurilmalarini Oʻzbekistonda qanday sotib olish kerak(mas)?

Bunday qurilmalar odatda IMEI kodiga ega boʻlmaydi, chunki bojxona nazoratidan oʻtmagani tufayli rasmiylashtirilmagan boʻladi.

Bloger Temurmalik Elmuradovning telegram blogida Oʻzbekistonda sotilayotgan iPhone smartfonlarini qonuniy va noqonuniysidan ajratish haqida maʼlumot berib oʻtdi. Quyidagi rasmlarda koʻrib turganingizdek qonuniy va kontrabanda orqali olib kirilgan qurilmalar haqida xabar berilgan.

Aslida, noqonuniy Apple qurilmalari har doim sotuvda boʻlgan va “chekka-chekkalardagi” doʻkonlarda salkam yashirincha sotilgan.

Ammo hozirda “kulrang” Apple qurilmalari bozori anchagina “gullab-yashnamoqda” — rasman nazoratdan oʻtmagan qurilmalar marketingi faol yuritilmoqda, ijtimoiy tarmoqlarda reklamalar qilinyapti va alohida roʻyxatdan oʻtgan doʻkonlar nomi ostida sotilyapti.

Bunday joylardan sotib olingan  iPhone, MacBooks, iMacʼlarning nosoz chiqishi, kamchiliklari boʻlishi, vaqt oʻtib ishlamay qolishi ehtimoli yuqori boʻladi. Bunday qurilmalar oʻgʻrilangan, “usta koʻrgan” va hokazo boʻlishi mumkin.

Nima qilish kerak?

Apple qurilmalarini xarid qilishdan oldin Toshkentdagi vakolatli sotuvchilar roʻyxatini Apple veb-saytidan tekshirib oling — https://locate.apple.com/uz/en/sales?pt=all&lat=41.310577392578125&lon=69.28178405761719&address=Tashkent%

Hozir u yerda 11 ta doʻkon bor, lekin ularni ham kuzatib borishingiz kerak, shuning uchun sotib olayotganda iSupport.uz orqali qurilmaning seriya raqamini kiritishingiz kerak.

Agar sizga qoʻshimcha maʼlumot kerak boʻlsa, Internet batafsil koʻrsatmalarga toʻla.

Buning muhimligi shundaki, biz doim ham ixtiyoriy ravishda  “kulrang” iPhone/MacBook/iMacʼni sotib olmaymiz, yaʼni noqonuniy mahsulotni asli kabi sotishga urinadigan firibgarlarga uchmaslikni oldini olish mumkin boʻladi.

“Chiroyli oʻramga va doʻkonlardagi barcha vakolatli sotuvchi yozuvlariga ishonmaslik kerak, hatto ular taniqli savdo markazlari boʻlsa ham”, deydi bloger.“Oʻzini Apple hamkori sifatida koʻrsatuvchi kompaniyalar koʻpayib bormoqda, shuning uchun doimo “ishoning, lekin tekshirib oling” va hamma narsa yaxshi boʻladi”.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08