Yangi smartfon: kuchli xususiyatlarga ega Sony Xperia 1 V kamerofoni

Sony yuqori darajadagi texnik xususiyatlarga ega kamerofon taqdim qildi, biroq narxi hatto TOP smartfonlarga ham qaraganda qimmat — 1 635$. Quyida yangi reliz qaysi xislati uchun bunday narxga loyiq koʻrilgani haqida batafsil:

Kutilganidek, Sony 11-may kuni yangi Xperia 1 V flagmanini chiqardi. Oʻzidan oldingilarida boʻlgani kabi, yangilikda ham asosiy eʼtibor kamera imkoniyatlariga qaratilgan.

GSMArena.com maʼlumotlariga koʻra, bu koʻp qatlamli Exmor T sensoriga ega boʻlgan birinchi kamerofon boʻlib, u past yorugʻlikda suratga olishni keyingi bosqichga olib chiqishni vaʼda qilmoqda. Fotodiod va tranzistor ikkita alohida qatlamga ajratilgan noyob pikselli struktura unga mavjud yorugʻlikni maksimal darajada oshirishga va fotosuratdagi shovqinni kamaytirishga yordam beradi.

Asosiy sensordan tashqari, Sony kompaniyasining yangi flagmani 12 megapikselli, fokus masofasi 85-120 mm va uzluksiz zoomʼga ega telefoto linza bilan jihozlangan. Yana bir 12 megapikselli sensor 16 mm avtofokusli ultra keng kamera ortida joylashgan. Avvalgi gadjetlarda ishlatilgan ToF sensori oʻrnini SI algoritmlari bilan almashtirilgan.

Texnik xususiyatlari:

• Ekran: 6,5 dyuymli OLED, 3840x1644 piksel, 120 Gts, X1 Mobile protsessor, DCI-P3 100%, 4K HDR, 10 bitli, Gorilla Glass himoyasi Victus 2 (ekran) va Victus 1 (qopqoq);

• Protsessor: Qualcomm Snapdragon 8 Gen 2;

• Xotira: 12/256 GB, 12/512 GB;

• Kamera: 52 MP asosiy (1/1,35 dyuymli Exmor T sensori, f/1,9, OIS), 12 MP ultra keng, 12 MP telefoto / 12 MP old kamera;

• Batareya: 5000 mA/soat, tez zaryadlash 30 Vt;

• OT: Android 13;

• IP65/IP68: suv va changdan himoya;

• USB 3.2 Type-C.

Narxi

Taʼkidlaganimizdek, Sony Xperia 1 V narxi qimmat — 1 635$. Avvalroq mish-mishlarga ko‘ra, uning narxi 1 160$ bo‘lishi kutilgan edi va o‘sha summa ham nisbatan yuqori hisoblanadi. Smartfon uchta: qora, kumush va toʻq yashil rangda taqdim etilgan. Sotuv 28-iyulda boshlanadi, hozircha oldindan buyurtma qilish mumkin boʻlib, AQShga yetkazib beriladi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08