Yangi Samsung Galaxy S24/S24+ smartfonlari haqida maʼlumotlar tarqaldi

Maʼlum boʻlishicha, yangi seriyada ham asosiy kamera uchun GN3 50MP sensoridan foydalaniladi.

@Tech_Reve twitter foydalanuvchisining 14-aprel kuni maʼlum qilishicha: “Kelgusi yil boshida chiqariladigan Galaxy S24 va Galaxy S24+ ning asosiy kameralari 50 megapikselli Samsung GN3 sensoridan foydalanishda davom etadi”.

Samsung S24 korpusi ko‘rinishi
Samsung S24 korpusi ko‘rinishi

Galaxy S22 va Galaxy S22+ ning asosiy kameralari birinchi boʻlib 50MP Samsung GN3 sensori bilan jihozlangan boʻlsada, bu yil chiqarilgan Galaxy S23 va Galaxy S23+ ning asosiy kameralari esa oʻzgarmay qolgan.

GN3 ning 50MP sensori 1,0 mikron piksel zichligiga ega va Dual Pixel PDAF hamda optik tasvir barqarorligini qoʻllab-quvvatlaydi. Galaxy S23 va Galaxy S23+ shuningdek, 10 megapikselli teleobyektiv linza va 12 megapikselli ultra keng linzaga ega.

Yangi flagmanlar haqida tarqalgan insayderlar ma’lumotlariga ko‘ra, kelgusida barcha Samsung smartfonlari OLED displeylariga ega boʻladi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08