Xiaomi uzoq kutilgan Redmi K80 Pro flagmanini taqdim etdi

Narxi: $511 dan boshlanadi, asosan o'yin ishqibozlariga mo'ljallangan.

Redmi K80 Pro

Xitoyda Xiaomi o'zining yangi yuqori darajadagi Redmi K80 Pro smartfonini rasman e'lon qildi. Qurilma eng so'nggi Qualcomm Snapdragon 8 Elite protsessori bilan jihozlangan bo'lib, asosan o'yin ishqibozlariga mo'ljallangan.

Redmi K80 Pro
Redmi K80 Pro

Texnik xususiyatlari

Redmi K80 Pro eng so‘nggi Qualcomm Snapdragon 8 Elite protsessori bilan ishlaydi, bu esa smartfonni juda tez va qulay ishlashini ta'minlaydi — ilovalarni ochish, o‘yin o‘ynash yoki internetda tez sur'atda ishlash uchun juda mos.

Smartfonning akkumulyatori juda kuchli — 6000 mA/soat sig‘imga ega. Bu esa telefoningiz uzoq vaqt zaryad qilmasdan ishlashini kafolatlaydi. Shuningdek, 120 vattli tezkor quvvatlanish texnologiyasi orqali telefonni juda qisqa vaqt ichida to‘liq zaryadlash mumkin. Bundan tashqari, telefon 50 vattli simsiz quvvatlanish imkoniyatiga ham ega — zaryad qilish uchun sim kerak emas, maxsus qurilmaga qo‘ysangiz bo‘ldi!

Kamera imkoniyatlari

Redmi K80 Pro telefonining kamerasi uchta moduldan iborat bo‘lib, juda sifatli suratga olish imkonini beradi:

- 50 MP asosiy kamera: Suratlaringiz tiniq va yorqin chiqishi uchun keng ko‘rinish va yaxshi ranglar balansi bilan suratga oladi.

- 50 MP telefoto kamera: Yaqinlashtirib suratga olish uchun ideal. Masalan, uzoqda turgan narsalarni sifatni yo‘qotmasdan 2,5 baravar kattalashtirib yoki 10 sm masofadan makro suratga olish imkonini beradi.

- 32 MP ultra keng burchakli kamera: 120° burchakni qamrab oladi, ya’ni keng ko‘rinishdagi suratlarni bemalol olishingiz mumkin. Bundan tashqari, 5 karra sifatni yo‘qotmasdan kattalashtirish va maksimal 20 karra zoom imkoniyatiga ega.

Bu kameralar birgalikda har qanday vaziyatda ajoyib surat va videolar olish uchun mo‘ljallangan.

Displey va boshqa imkoniyatlar

Redmi K80 Pro katta, 6.67 dyuymli ekran bilan jihozlangan bo‘lib, unda barcha tasvirlar aniq va tiniq ko‘rinadi. 2K sifatdagi ekran videolarni tomosha qilish yoki o‘yin o‘ynash uchun juda qulay. Ekran juda yorqin bo‘lib, quyosh nuri ostida ham hamma narsani oson ko‘rishingiz mumkin.

Telefon IP68/IP69 standartlariga muvofiq suv va changdan himoyalangan, ya’ni yomg‘ir yoki changli muhitda xavotirlanmasangiz ham bo‘ladi.

Yana, bu smartfon quyidagi qo‘shimcha qulayliklarga ega:

- Stereodinamiklar: Musiqalar va videolarni baland va sifatli ovozda eshitishingiz mumkin.

- NFC texnologiyasi: Telefon orqali to‘lovlarni osongina amalga oshirish uchun qulay.

- Infraqizil port: Masofadan boshqariladigan moslamalarni (masalan, televizor yoki konditsioner) boshqarish imkonini beradi.

- Yangi avlod vibratsiya motorlari: Bu texnologiya telefonni ishlatishda yanada yoqimli va qulay hislarni ta'minlaydi.

Qurilma HyperOS 2.0 operatsion tizimi (Android 15 asosida) bilan ishlaydi.

Narx va variantlar

Smartfon quyidagi variantlarda taqdim etiladi:

- 12/256 GB xotira bilan — $511

- 16 GB operativ xotira va 1 TB ichki xotira bilan — $665

Xiaomi Redmi K80 Pro xalqaro bozorda sotilmasligi mumkin, lekin bu qurilmaning biroz o‘zgartirilgan versiyasi Evropada Poco brendi ostida sotuvga chiqarilishi ehtimoli bor. Buni kuzatishda davom etamiz.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08