Xiaomi Galaxy S23 Ultraʼga munosib raqobatchi ishlab chiqarmoqda

1-sentyabr kuni Xiaomi yangi kuchli MediaTek flagmanini taqdim etadi.

Xiaomi 13T Pro deb ataladigan flagmanning asosiy xususiyatlari orasida 144 Gts OLED displey, 5000 mA/soat oʻlchamdagi batareya va 120 Vt quvvatga ega boʻlishi mumkin. Qurilma shu oyda Xitoyda boshqa nom ostida taqdim etilishi kutilmoqda.

Xabar qilinishicha, Xiaomi oʻzining flagman 13 seriyalari qatoriga yana bir qurilmani qoʻshmoqda. Hozircha telefonning baʼzi kuchli xususiyatlari maʼlum qilingan.

Maʼlumotlarga koʻra, Xiaomi 13T Pro kompaniyaning Dimensity 9200 Plus protsessoriga asoslangan MediaTek flagmani boʻladi. Chipset Galaxy S23 seriyasida ishlatiladigan Snapdragon 8 Gen 2 bilan bemalol raqobatlasha oladi. Boshqacha qilib aytganda, texnik jihatdan Xiaomi 13T Pro shu yil boshida chiqarilgan Snapdragon 8 Gen 2 quvvatli Xiaomi 13 Ultraʼdan kuchliroq quvvatga ega boʻlishi mumkin.

Yana bir xabarda aytilishicha, Xiaomi 13T Pro yaqinlashib kelayotgan Redmi telefonining qayta tiklangan versiyasi boʻladi. Ikkinchisi shu oy Xitoyda sotuvga chiqarilishi kutilmoqda va Xiaomi uning Redmi K60 Extreme Edition deb nomlanishini tasdiqladi. Yevropada qurilma aftidan Xiaomi 13T Pro deb nomlanadi.

Yangi telefon uchun tavsiya etilgan boshqa xususiyatlar qatoriga 144 Gts yangilanish tezligiga ega 6,7 ​​dyuymli OLED displey, 12 GB/16 GB LPDDR5x operativ xotira, 256 GB/512 GB/1 TB xotira, 5000 mA/soat batareya va 120 Vt tez zaryadlash kiradi.

Bu xususiyatlar, albatta, oʻta jozibali koʻrinadi, biroq, hozircha kompaniya ular borasida rasmiy xabar bermagan. Shunday ekan, yangi flagmanning qanchalik kuchli boʻlishini Xiaomi rasman maʼlum qilganidan soʻnggina bilolamiz.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08