Xiaomi 15 taqdim etildi: mana uning ajoyib xususiyatlari

Xiaomi 15 modeli iPhone 16 Pro’dan ham ingichka ramkaga ega. Uning 6.36 dyumli Full HD+ LTPO OLED ekrani bor.

Xiaomi 15

Xiaomi kompaniyasi o‘zining yangi ixcham o‘lchamli va zamonaviy texnologiyalarga ega bo‘lgan Xiaomi 15 flagman smartfonini taqdim etdi.

Smartfon 6,36 dyumli ekran bilan jihozlangan bo‘lib, uning ramkasi atigi 1,38 millimetrni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich hatto iPhone 16 Pro'nikidan ham ingichkaroqdir.

Foto: Xiaomi
Foto: Xiaomi

Yangi Xiaomi 15 ko‘p jihatdan o‘tgan yilgi Xiaomi 14 modeliga o‘xshash. Ammo bir qator muhim yangiliklar bor:

Asosiy texnik xususiyatlari:

Ekran:

- 6.36 dyumli tekis OLED displey
- 2670 x 1200 piksel o‘lchamli
- 1x120Hz LTPO o‘zgaruvchan yangilanish tezligi
- 3,200 nit maksimal yorqinlik
- Dragon Crystal Glass himoya oynasi
- Atigi 1.38 mm ingichka ramkalar

Protsessor va ishlash tezligi:
Qualcomm Snapdragon 8 Elite protsessori
- Oldingi avlodga nisbatan 45% yuqori samaradorlik
- Xiaomi HyperCore tizimi
- Ilovalarni 45.7% tezroq ishga tushirish
- HyperOS 2.0 (Android asosida)

Kamera tizimi:
Leica bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan
- Uchta 50 MP kamera:
-- Asosiy kamera (f/1.62 diafragma, OIS)
-- 5x optik zoom telephoto
-- Ultra keng burchakli
- 32 MP selfie kamera
- AISP 2.0 texnologiyasi


Batareya va quvvatlash:
5,400 mAh sig‘imli batareya
- 90W simli quvvatlash
- 50W simsiz quvvatlash
- 30W magnit simsiz quvvatlash

Qoshimcha xususiyatlari:

- Goodix ultratovushli barmoq izi skaneri
- IP68 suv va changdan himoya darajasi
- NFC va infraqizil port mavjud

Suratlar:

Ijtimoiy tarmoqdagi bazi tanqidiy fikrlar ham mavjud:

Xiaomi 15 umid qilinganidek mukammal chiqmadi. Kompaniya smartfonning imkoniyatlarini yanada yaxshilashi mumkin edi. Eng katta kamchiliklardan biri - ular hamon eski JN5 rusumli telephoto sensoridan foydalanishmoqda.

Shunday bo‘lsa-da, bu smartfon jahon bozorida yuqori natija ko‘rsatishi kutilmoqda. Bunga asosiy sabab - raqobatchilar Samsung S24 va iPhone 16 modellarining texnik ko‘rsatkichlari Xiaomi 15'nikidan ham pastroq:

- Samsung S24 faqatgina 1/4 dyumli kichik o‘lchamli telephoto kamerasi bor
-  iPhone 16'da telephoto kamera umuman mavjud emas
Bundan tashqari, ularning ekrani 60 Gertsli yangilanish tezligiga ega, bu esa zamonaviy flagmanlar uchun past ko‘rsatkich

Narxlari:

  • 12/256 GB: ~$630
  • 16 GB+1 TB: ~$770
  • Olmos versiyasi:~$840

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08