Xiaomi 14 Ultra flagmani haqida ma’lumotlar tarqaldi
Smartfon
08 dekabr, 16:08
Taniqli insayder Digital Chat Station kelgusi yilda taqdim etiladigan Xiaomi 14 Ultra kamerasi, batareyasi va zaryadlash xususiyatlari haqida maʼlum qildi.

Maʼlumotlarga koʻra, yangi qurilma Sony LYT900 f/1,63 asosiy sensori bilan jihozlangan boʻlib, toʻliq kadr formatida f/4,3 ± ga teng.
Bu degani, yangi flagman avvalgisiga qaraganda koʻproq yorugʻlikni qamrab oladi. Smartfonning orqa panelida 50 megapikselli toʻrtta kamera turli fokus masofalariga ega boʻlishi kutilmoqda.
Batareyaga kelsak, Xiaomi 14 Ultra 90 Vt simli va 50 Vt simsiz tez zaryadlashni qoʻllab-quvvatlaydigan 5180 mA/soat akkumulyator bilan jihozlangan boʻlishi aytilmoqda.
Shu kungacha akkumulyator kattaroq , yaʼni 5500 mA/soat boʻlishi taxmin qilingandi, ammo oxirgi maʼlumotlarga qaraganda, u 5180 mA/soat sigʻimda taqdim etilishi maʼlum boʻldi.
Xiaomi 14 Ultra katta ehtimol bilan kelasi yil aprel oyida sotuvga chiqariladi. Qizigʻi shundaki, mazkur sanada Vivo X100 Ultra smartfoni ham namoyish qilinishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon

Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya

Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar

OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar