Xiaomi 13 Ultra funksiyalari, ustunligi va narxi haqida batafsil

Bugun, rejalashtirilgan Xiaomi taqdimotida Xiaomi 13 Ultra smartfoni taqdim etildi — bu bir vaqtning o'zida to'rtta 50 megapikselli sensorli kamera, IP68 namlik va changdan himoyalanganlik ko‘rsatkichi va yorqin displeyga ega flagman.

Tre Verge: “Smartfon tasvirga olishda maksimal imkoniyatlardan foydalanadi”.
Tre Verge: “Smartfon tasvirga olishda maksimal imkoniyatlardan foydalanadi”.

Xiaomi oʻzgaruvchan diafragmali smartfon kamera taqdim qilgan birinchi kompaniya emas. Samsung Galaxy S9 ikkita diafragma xususiyatiga ega edi, u asosiy kamera bilan suratga olishda f/1,5 va f/2,4 oʻrtasidagi tanlovni taklif qilgan. Garchi Samsungda ushbu xususiyat uzoq saqlanib qolmagan bo‘lsada, endi biz uni Siaomida qanchalik samarali bo‘lishini kuzatamiz.

Flagman olive green (zaytun yashil), oq va qora ranglarda taqdim etildi
Flagman olive green (zaytun yashil), oq va qora ranglarda taqdim etildi

Asosiy xususiyatlari:

  • AMOLED ekrani 6,7 '', 2K o'lchamlari, 120 Gts, 2600 nits;
  • Snapdragon 8 Gen 2 protsessori, 16 GB gacha + 1 TB xotira;
  • 5000 mA/soat batareya, 90 Vt simli va 50 Vt simsiz zaryadlash.

Asosiy kamerada f/1,9 dan f/4,0 gacha o'zgaruvchan diafragma bilan dyuymli Sony IMX989 sensori va "eng ilg'or" Leica optikasi, shuningdek uchta IMX858 — ultra keng va 3,2x va 5x bilan bir juft teleobyektiv linzalari mavjud.

Narxi

Xitoyda qurilmaning narxi 872 dollardan boshlanadi. Shuningdek, 146 dollarga kamera uchun almashtiriladigan filtrlar va tutqichli maxsus chexol sotib olishingiz mumkin.

Chexol
Chexol
  • Xiaomi 13 Ultra 12 Gb|256 Gb — ~873 dollar
  • Xiaomi 13 Ultra 16GB/512GB — ~945 dollar
  • Xiaomi 13 Ultra 16GB/1TB — ~1062 dollar

Xalqaro sotuvi aniq sanasi eʼlon qilinmagan.

Flagman translyatsiyasi vaqtida berilgan boshqa funksiyalar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin — https://t.me/c/1551952435/1252

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08