Xiaomi 13 Ultra dunyo boʻylab sotuvga chiqdi, Oʻzbekistondachi?

Xiaomi 13 Ultra narxi dunyo boʻylab oʻrtacha 1 600$ atrofida baholangan va u eng yaxshi kamerali telefonlardan biri boʻlishi mumkinligi aytilmoqda. Ammo O‘zbekistonda flagman ancha arzonroq sotilmoqda.

Xiaomi 13 Pro modeli shu yil boshida Yevropada 1400 dollar — yuqori narx bilan sotuvga chiqarilgan edi. Aprel oyida yangi Xiaomi 13 Ultra modeli Yevropada ham sotilishi aniq boʻlgach, Ultra modellari Proga nisbatan sezilarli darajada qimmat boʻlishi kutilgan edi. Ayni paytda esa kutuvlar oʻz tasdigʻini topdi. 

Maʼlumot uchun, Xiaomi 13 Pro Oʻzbekistondagi narxi — 15 mln soʻm atrofida.

Xiaomi 13 Ultra narxning oshishi kamerasining kuchli funksionali bilan bogʻliqligi aytilgan.

Kamerasi kuchli flagman

Birinchidan, Xiaomi 13 Ultra toʻrtta 50MP kameraga bilan kuchaytirilgan. Unda ƒ/1,9 va ƒ/4,0 oraligʻida oʻtishga qodir boʻlgan ikki toʻxtashli oʻzgaruvchan diafragma bilan 50 megapikselli IMX989 bir dyuymli asosiy kamera bor. Bu siz past yoki baland “резкость” tanlashingiz, shuningdek, obyektlarga fokusni yaqinlashtirishingiz mumkinligini anglatadi.

Telefonning boshqa orqa kameralari orasida 50MP 3,2x portret linzalari, 5x zoomli 50MP periskop kamerasi va 50MP ultra keng burchakli kamera (122 darajali koʻrish maydoni) mavjud. Shunday qilib, bu Pro modeliga nisbatan yaxshilangan masofani kattalashtirishni taʼminlashi kerak.

Xiaomi 13 Ultra shuningdek, Snapdragon 8 Gen 2 protsessori, 6,73 dyuymli QHD+ 120 Gts chastotali OLED-ekran, 2600 nits maksimal yorqinligi va 5000 mA/soat akkumulyator bilan jihozlangan. Batareya nolga yetganda, siz 90 Vt simli zaryadlash yoki 50 Vt simsiz zaryadlash imkoniyatlaridan foydalanishingiz mumkin, bunda 35 daqiqada 100% quvvatlanadi.

Xiaomi 13 Ultra narxi va xarid qilish 

Yevropada Xiaomi 13 Ultra yashil yoki qora rangda, 1 616 dollarga sotilmoqda. Oʻzbekistonda esa barcha sotuv manbalariga kirib bormagan boʻlsada, biz OLXʼda 

Xiaomi 13 Ultra — 12/256 — 929$

Xiaomi 13 Ultra — 16/512 — 1019$

Xiaomi 13 Ultra — 16/1024 — 1129$ narxda turli ranglari sotilayotganini uchratdik. 

Aytish joizki, Xiaomi telefoni faqat 12GB/512GB variantida sotuvga chiqariladi, ekvivalent S23 Ultra modeli esa 1 702 dollar boshlangʻich narxda sotuvga chiqariladi.

Biroq, agar siz premium flagmanga ega boʻlishni istasangiz, ikkala variantda ham xato qilmaysiz. Ammo eng yaxshi kamerali telefonni izlayotgan boʻlsangiz, albatta, Xiaomi 13 Ultra sizga eng yaxshi variantlardan biri boʻlishi aniq. Uning texnik xususiyatlari haqida batafsil oldingi xabarlarimizda o‘qishingiz mumkin.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08