Vivo Y18t yangi smartfoni atigi $90 bilan sotuvga chiqdi

Lekin tezkor quvvatlanish imkoniyati yo'q.

Vivo kompaniyasi Y18t nomli yangi arzon smartfonini taqdim etdi va uni taxminan $90 narxda sotuvga chiqardi.

Ushbu telefonda Unisoc T612 protsessori ishlatilgan bo‘lib, Android 14 tizimida ishlaydi va Vivo'ning Funtouch OS 14 interfeysi bilan ta'minlangan. Telefonda 4 GB tezkor xotira va 128 GB ichki xotira mavjud.

Agar xotira yetarli bo‘lmasa, uni microSD karta yordamida 1 TB gacha kengaytirish mumkin.

@GSMArena
@GSMArena

Selfi olish uchun 8 megapikselli kamera ekranning yuqori qismidagi kichik teshikda joylashgan. Barmoq izini o‘qiydigan skaner esa yon tomondagi quvvat tugmasiga qo‘yilgan.

Orqa tomonda 50 megapikselli asosiy kamera va yana qo‘shimcha kichikroq kamera joylashgan.

Vivo Y18t’da 5000 mA/soat sig‘imli akkumulyator bor, u USB-C orqali 15 Vt tezlikda quvvatlanadi. Bateriyani to‘liq quvvatlash uchun taxminan 145 daqiqa vaqt ketadi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08